https://sputniknews-uz.com/20220530/erdoganning-shvetsiya-va-finlyandiya-bilan-bolgan-muzokaralardan-kongli-tolmadi-24878604.html
Erdogʻanning Shvetsiya va Finlyandiya bilan boʻlgan muzokaralardan koʻngli toʻlmadi
Erdogʻanning Shvetsiya va Finlyandiya bilan boʻlgan muzokaralardan koʻngli toʻlmadi
Erdogʻan Finlyandiya va Shvetsiyani “insofsiz va nosamimiy”lik qilayotganini aytib, ularni “terrorchilarni himoya qilishda” aybladi. 30.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-30T13:18+0500
2022-05-30T13:18+0500
2022-05-30T13:18+0500
dunyoda
toyib erdoʻgʻon
shvetsiya
finlyandiya
nato
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/0c/15/15638627_0:124:3117:1877_1920x0_80_0_0_30ac98c94cca28f40783d1e76c4874c3.jpg
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdogʻan Shvetsiya va Finlyandiya delegatsiyalari vakillari bilan ushbu mamlakatlarning NATOga aʼzo boʻlish istiqbollari boʻyicha oʻtkazilgan muzokaralar natijalaridan qoniqmadi. Bu haqda TRT telekanali xabar bermoqda.“Afsuski, delegatsiyalar uchrashuvi biz kutgan darajada boʻlmadi”, - dedi Turkiya rahbari.Shuningdek, Erdogʻan Finlyandiya va Shvetsiyani “insofsiz va nosamimiy”lik qilayotganini aytib, ularni “terrorchilarni himoya qilishda” aybladi.“Erdogʻan Turkiya prezidenti ekan, biz terrorizmni qoʻllab-quvvatlovchi mamlakatlarning NATOga kirishiga aniq “ha” deb ayta olmaymiz”, - deya qoʻshimcha qildi u.Kutilmagan qarshilik: NATOda kim shvedlar va finlar kelishidan xursand emas?Maʼlumot uchun, 25 may kuni Anqarada Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya oʻrtasida boʻlib oʻtgan muzokaralardan soʻng, Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin Turkiya Anqara xavfsizlikka oid choralar koʻrilmasa, Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga aʼzo boʻlish tashabbusi oldinga siljimasligini ochiq aytdi.Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga aʼzo boʻlish uchun arizalarini koʻrib chiqish boshlanishiga toʻsqinlik qilmoqda. Erdogʻanning soʻzlariga koʻra, Anqara ularning alyansga kirish istagini qoʻllab-quvvatlamaydi, chunki Skandinaviya davlatlarining Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi (Partiya Karkerên Kurdistan – PKK) vakillari bilan aloqalari haqidagi bayonotlariga ishonmaydi. Uning qoʻshimcha qilishicha, agar ular blokka qoʻshilsa, NATO “xavfsizlik tashkiloti boʻlmaydi, balki terrorchilarning koʻplab vakillari toʻplanadigan joyga aylanadi”. Nomzodlar alyansga kirishi uchun barcha aʼzolarning roziligi talab qilinadi.Erdogʻan AQShni Suriyadagi terrorchilarga qurol-yarogʻ yetkazib berishda aybladi
finlyandiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/0c/15/15638627_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_9f161a9e9d3f10dd4a1d97723e04303d.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
toyib erdoʻgʻon, shvetsiya, finlyandiya, nato
Erdogʻanning Shvetsiya va Finlyandiya bilan boʻlgan muzokaralardan koʻngli toʻlmadi
Erdogʻan Finlyandiya va Shvetsiyani “insofsiz va nosamimiy”lik qilayotganini aytib, ularni “terrorchilarni himoya qilishda” aybladi.
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdogʻan Shvetsiya va Finlyandiya delegatsiyalari vakillari bilan ushbu mamlakatlarning NATOga aʼzo boʻlish istiqbollari boʻyicha oʻtkazilgan muzokaralar natijalaridan qoniqmadi. Bu haqda TRT telekanali
xabar bermoqda. “Afsuski, delegatsiyalar uchrashuvi biz kutgan darajada boʻlmadi”, - dedi Turkiya rahbari.
Shuningdek, Erdogʻan Finlyandiya va Shvetsiyani “insofsiz va nosamimiy”lik qilayotganini aytib, ularni “terrorchilarni himoya qilishda” aybladi.
“Erdogʻan Turkiya prezidenti ekan, biz terrorizmni qoʻllab-quvvatlovchi mamlakatlarning NATOga kirishiga aniq “ha” deb ayta olmaymiz”, - deya qoʻshimcha qildi u.
Maʼlumot uchun, 25 may kuni Anqarada Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya oʻrtasida boʻlib oʻtgan muzokaralardan soʻng, Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin Turkiya Anqara xavfsizlikka oid choralar koʻrilmasa, Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga aʼzo boʻlish tashabbusi oldinga siljimasligini ochiq aytdi.
Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga aʼzo boʻlish uchun arizalarini koʻrib chiqish boshlanishiga
toʻsqinlik qilmoqda. Erdogʻanning soʻzlariga koʻra, Anqara ularning alyansga kirish istagini qoʻllab-quvvatlamaydi, chunki Skandinaviya davlatlarining Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi (Partiya Karkerên Kurdistan – PKK) vakillari bilan aloqalari haqidagi bayonotlariga ishonmaydi. Uning qoʻshimcha qilishicha, agar ular blokka qoʻshilsa, NATO “xavfsizlik tashkiloti boʻlmaydi, balki terrorchilarning koʻplab vakillari toʻplanadigan joyga aylanadi”. Nomzodlar alyansga kirishi uchun barcha aʼzolarning roziligi talab qilinadi.