https://sputniknews-uz.com/20220530/hisor-qoriqxonasidagi-kamera-obektiviga-tyan-shan-qongir-ayiqlari-muhrlandi---video-24885549.html
Hisor qoʻriqxonasidagi kamera obʼyektiviga Tyan-Shan qoʻngʻir ayiqlari muhrlandi - video
Hisor qoʻriqxonasidagi kamera obʼyektiviga Tyan-Shan qoʻngʻir ayiqlari muhrlandi - video
Hisor davlat qoʻriqxonasidagi kamera Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi, hilol kakligi, yovvoyi toʻngʻiz hamda jayrani suratga oldi. 30.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-30T17:51+0500
2022-05-30T17:51+0500
2022-05-30T17:51+0500
jamiyat
oʻzbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1255/97/12559780_0:168:3045:1881_1920x0_80_0_0_85e2bb0fba945ee03fd82bba7a457662.jpg
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Hisor davlat qoʻriqxonasida oʻrnatilgan yashirin fotoqopqonlarning kamera obʼyektiviga Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi, hilol kakligi, yovvoyi toʻngʻiz muhrlandi. Davlat ekologiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi. Kamera 2 ta Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi, 1 ta hilol kakligi va yovvoyi toʻngʻizni suratga olgan. Shuningdek, toʻngʻiz muhrlangan kamerada oʻsimliklar bilan oziqlanayotgan jayrani ham uchratish mumkin.“Qoʻriqxonada oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish borasida doimiy monitoring-kuzatuv ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.Aytilishicha, fotoqopqonlar qoʻriqxonaning turli hududlariga oʻrnatilgan. Ular hudud hayvonot dunyosini oʻrganishda katta yordam bermoqda.Hisor qoʻriqxonasida noyob qor qoploni fotoqopqonga tushdi – videoOʻtgan vaqt mobaynida qor qoplonlari, kiyiklar, ayiq va boshqa jonivorlar aynan fotoqopqonlar yordamida tasvirga olingan. Bu esa ularning soni, yashash tarzi haqida maʼlumot olish imkonini bermoqda.Maʼlumot uchun, Qashqardaryo viloyatidagi Hisor davlat qoʻriqxonasi hududida umurtqali xayvonlarning 276 turi uchrashi aniklangan. Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob hayvon turi hisoblanadi. 2020 yilda qoʻriqxona hududida 91 bosh qoʻngʻir ayiq uchrashi qayd etilgan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1255/97/12559780_158:0:2887:2047_1920x0_80_0_0_a6f704984b55912f6f4c8165ba62c91f.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
Hisor qoʻriqxonasidagi kamera obʼyektiviga Tyan-Shan qoʻngʻir ayiqlari muhrlandi - video
Hisor davlat qoʻriqxonasidagi kamera Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi, hilol kakligi, yovvoyi toʻngʻiz hamda jayrani suratga oldi.
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Hisor davlat qoʻriqxonasida oʻrnatilgan yashirin fotoqopqonlarning kamera obʼyektiviga Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi, hilol kakligi, yovvoyi toʻngʻiz muhrlandi. Davlat ekologiya qoʻmitasi matbuot xizmati
xabar berdi. Kamera 2 ta Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi, 1 ta hilol kakligi va yovvoyi toʻngʻizni suratga olgan. Shuningdek, toʻngʻiz muhrlangan kamerada oʻsimliklar bilan oziqlanayotgan jayrani ham uchratish mumkin.
“Qoʻriqxonada oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish borasida doimiy monitoring-kuzatuv ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Aytilishicha, fotoqopqonlar qoʻriqxonaning turli hududlariga oʻrnatilgan. Ular hudud hayvonot dunyosini oʻrganishda katta yordam bermoqda.
Oʻtgan vaqt mobaynida qor qoplonlari, kiyiklar, ayiq va boshqa jonivorlar aynan fotoqopqonlar yordamida tasvirga olingan. Bu esa ularning soni, yashash tarzi haqida maʼlumot olish imkonini bermoqda.
Maʼlumot uchun, Qashqardaryo viloyatidagi Hisor davlat qoʻriqxonasi hududida umurtqali xayvonlarning 276 turi uchrashi aniklangan. Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob hayvon turi hisoblanadi. 2020 yilda qoʻriqxona hududida 91 bosh qoʻngʻir ayiq uchrashi qayd etilgan.