O‘zbekiston shaharlaridan Sochiga aviaqatnovlar uzaytirildi

© Sputnik / Marina Lisseva / Mediabankka o‘tishBoing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2022
Obuna bo‘lish
1 iyundan 30-iyungacha Toshkentdan Krasnodar va Rostov-na-Donuga uchadigan samolyotlar Sochiga qatnaydi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi O‘zbekiston shaharlaridan Sochiga qatnovlarni uzaytirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. https://t.me/uzbekistanairways/2500
Unga ko‘ra, Toshkent – Krasnodar, Toshkent – Rostov-na-Donu, Namangan – Krasnodar yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar 1-iyundan 30-iyungacha Sochi shahriga amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida “Uzbekistan Airways” Krasnodar va Rostovga bekor qilingan reyslar o‘rniga Toshkent va Namangandan Sochiga qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘ygan edi. Qo‘shimcha reyslar Rossiya tomonidan havo hududining bir qismi yopilishi bilan sababli joriy qilingan.
Yangiliklar lentasi
0