Jamiyat

Oʻzbekistonlik talabalar Rossiyada nimalarni oʻrganishmoqda?

© TPUAbdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tomsk politexnika universiteti talabalari va universitet maʼmuriyati vakillari eng yirik OTM talabasi qanday boʻlishi haqida soʻzlab berishdi.
Dunyoning yirik universitetlarida taʼlim olish barcha mamlakatlar abituriyentlari uchun har doim qiziq va dolzarb. Mana shunday yirik universitetlardan biri Rossiyada, aniqrogʻi Tomskda joylashgan. Yoshlar bu yerga ixtirochi, biolog, IT-mutaxassis va turli sohalarda eng talabgir muhandislar boʻlish uchun oʻqishga kelishadi. Tomsk politexnika universiteti talabalari va universitet maʼmuriyati vakillari eng yirik OTM talabasi qanday boʻlishi haqida soʻzlab berishdi. Ushbu universitetda 200dan ortiq oʻzbekistonlik talaba tahsil oladi.
© TPUAbdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2022
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet

Ilm-fan kelajagi

Talabalarning aytishicha, ular universitetda haqiqiy ilmiy va ishlab chiqarishga oid topshiriqlarni bajarishadi. Azizbek Abdullayev TPUning bakalavriat bosqichini tamomlagan. Hozirda “Mashinasozlikda materialshunoslik” dasturi boʻyicha magistraturada oʻqishni davom ettirmoqda. U kelajakda mashinasozlikda, qurilishda, tibbiyotda va keng miqyosda keramikadan foydalanish uchun uning xususiyatlarini chuqur oʻrganmoqda.
© TPUAbdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2022
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet
“Talabalarga Rossiya Fanlar Akademiyasining Sibir boʻlimi laboratoriyasi va jihozlaridan foydalanish uchun ruxsat bor. Hozir men koʻp vaqtimni u yerda oʻtkazyapman va keramikaning boshqa materiallar bilan oʻzaro aloqasini oʻrganyapman. Kelajakda mening tadqiqotlarim keramika konstruktsiyalaridan tibbiyotda kengroq foydalanish imkoniyatini beradi”,- deydi Azizbek.
Ziravard Axnazarova ham Fargʻona politexnika universiteti bilan ikki tomonlama diplom dasturi boʻyicha magistraturada tahsil olyapti. Va oʻqish bilan maktabdagi faoliyatini ham birga olib bormoqda. U “Toza suv” (Chistaya voda) dasturi boʻyicha masofaviy taʼlim olmoqda.
“Men Oʻzbekistonda, Fargʻona shahrida yashayman. Hozir maktabda biologiya fani oʻqituvchisi boʻlib ishlayapman va bir vaqtning oʻzida TPUda magistratura bosqichida oʻqiyapman. Bu men uchun malakani oshirish va karyerada yangi yoʻnalishlar degani. Menga ish stajimni toʻxtatmasdan taʼlim berish juda zarur edi. Bundan tashqari, diplom ham ikki tomonlama boʻladi. Bu esa katta imkoniyat beradi. Chunki u bilan mehnat bozorida raqobatbardosh boʻlish, Rossiyada ham, Oʻzbekistonda ham ishlash mumkin”, - deydi Ziravard.
Kelajakda magistratura talabasi aspiranturada oʻqishni davom ettirishni yaʼni mikrobiologiyani chuqur oʻzlashtirib taʼlim berishdan umrini ilm-fan yoʻlida davom ettirishni niyat qilgan.
© TPUAbdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2022
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet

Olimlar orasida

Universitetda talabalarga akademiklar, fan nomzodlari va doktorlari taʼlim beradi. Jami 1700 nafar mutaxassis faoliyat yuritadi.
“Xorijdan kelgan talabalarni tushunishadi. Agar yordam kerak boʻlsa, oʻqish jarayonida yordam berishadi”, - deydi Azizbek Abdullayev.
© TPUAbdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2022
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet
Tomsk politexnika universiteti mutaxassislari xalqaro tashkilotlarda masalan, Yadroviy tadqiqotlar boʻyicha Yevropa tashkilotida, DESY “Germaniya elektron sinxrotron” milliy markazida faoliyat yuritishadi. Shuningdek, yirik ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishadi. Ilm-fan va yuqori texnologiyalar olami bilan talabalar ham yaqindan tanishish imkoniga ega. Yozda Ziravard Axnazarova magistrlik dissertatsiyasi uchun laboratoriya tadqiqotlarini oʻtkazish maqsadida universitetga kelishni rejalashtirgan. Uning dissertatsiyasi toksikologik tadqiqotlar yordamida Tomsk tabiati suvining xavfsizligini tekshirishga bagʻishlangan.
“Hozirda meni barcha laboratoriya va amaliy vazifalariga onlayn rejimda bogʻlashadi. Men hamma qatori oʻqituvchini tinglayman va kerakli bilimlarni olaman. Yozga kelib ilmiy rahbarim koʻmagida bilimlarimni mustahkamlayman”,- deydi Ziravard.
OTM vakillarining soʻzlariga koʻra, zamonaviy laboratoriyadan tashqari, universitet infratuzilmasiga Xakasiyadagi geografik poligon va tadqiqot yadroviy reaktori- Rossiyada faoliyat koʻrsatayotgan yagona tadqiqot reaktori ham bor. Unda nafaqat energetikadagi yangi texnologiyalar, balki yadroviy tibbiyot uchun dori-darmonlar ishlab chiqariladi.
Bundan tashqari, Tomskdagi reaktorda xorij fuqarolari ham taʼlim olishlari mumkin.
“Tomsk politexnika universitetida 68 ta ilmiy-tadqiqot va ilmiy-talimiy laboratoriyalar va markazlar bor. Ularda ilm-fanga endi kirib kelayotgan talabalar ham faoliyat yuritishmoqda. Talabalar zamonaviy ilm-fan oldida turgan muhim vazifalarni hal qilishmoqda. Masalan, yangi materiallar, ekologiya va biomedikal texnologiyalarni ishlab chiqish va yana boshqa yoʻnalishlarda”,- deydi universitetning oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Mixail Solovyëv.

Infratuzilma: sport va va ijodkorlik

Universitet talabalari koʻp vaqtini asosan oʻqish va tadqiqotlarda oʻtkazadi. Biroq, taʼlim olishdan tashqari, universitet boshqa tadbirlarni ham muntazam tashkillashtirib keladi. Maqsad- talabalarning madaniyat boʻyicha bilimlariini kengaytirish, Rossiya va boshqa mamlakatlar tarixini oʻrgatish.
“Universitetda koʻp madaniyatli muhit shakllangan boʻlib, bu talabalarga nafaqat talab yuqori sohalarni oʻrganishga, balki madaniy dunyoqarashini kengaytirishni ham imkon beradi. OTMda ijtimoiy va madaniy tadbirlar muntazam oʻtkaziladi. Tadbirlarda xorijdan kelgan talabalarni ijtimoiylashtirishga yordam beruvchi dasturlar, masalan, “milliy madaniyat kunlari” kabi loyihalar bor. Talabalarda kontsert va festivallarda faol ishtirok etishadi”.
Universitet talabalar shaharchasida taʼlim olish, yashash bilan birgalikda sport bilan faol shugʻullanish uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Ijtimoiy faol boʻlishni istaganlar uchun universitetda barchasi muhayyo: volonterlik tashkilotlari, ijodiy jamoalar, talabalar otryadlari. Talabalar suv havzasi, mashgʻulot zallari, boks boʻyicha mashqlar va madaniy tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin.
“Talabalarnig barcha turar-joy majmualarida fitnes maydonlari yaratilgan. Bundan tashqari, universitetning umumiy zali boʻlib, u yerda murabbiylar bilan mashgʻulot olib borish mumkin. Bilishimcha, ijodiy toʻgaraklar ham bor, ammo men koʻproq sportga qiziqaman. Gitara chaladigan, qoʻshiq kuylaydigan, rasm chizadigan talabalar ham bor. Shuningdk, barcha xohlovchilar qoʻshimcha ingliz tilini oʻrganishlari mumkin. Bu darslarning barchasi talabalar uchun bepul”,- deydi Azizbek Abdullayev.
© TPUAbdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2022
Abdullayev Azizbek Akmaljon Tomskiy Politexnicheskiy Universitet

Kampus va tibbiyot

Oʻqishga qabul qilinganlar agar zarur boʻlsa, yashash uchun joyga ega boʻladi. OTM bu ehtiyojni toʻliq qondira oladi.
“Yoz faslida amaliyotga keladigan vaqtim, universitet tomonidan menga turar-joy beriladi. Tomskda yashaydigan guruhdoshlarim yotoqxonada barcha sharoitlar bor deyishdi”, - deydi Ziravard.
Bundan tashqari, TPU abituriyentlariga kirish imtihonlariga qadar talabalar shaharchasida joy beriladi.
“Koʻpchilik chet ellik talabalar va ularning ota-onalari oʻqish boshlangangandan soʻng qayerda yashash haqida koʻp tashvishlanishadi. Havotirga hojat yoʻq: oʻzbekistonlik talabalarga ham boshqa barcha talabalar qatori TPU kampusidan joy topiladi. Bizning talabalar shaharchamizda 15 ta turar joy majmualari bor. Ularda 6 000 nafardan ortiq talaba istiqomat qiladi”,- deydi Solovyev.

Byudjet oʻrinlari va qabul

Tomsk politexnika universiteti – Rossiyaning Osiyo hududidagi eng katta muhandislik universitetlaridan biri. U 1896 yil tashkil etilgan. Tarixi davomida universitetni 170 mingdan ortiq muhandislar tamomlagan. Bugungi kunda TPU milliy universitetlar TOP – 10taligi va xalqaro predmet reytinglarining TOP-100 taligiga kiradi. Shu bilan birga Rossiya Federatsiyasi taʼlim va fan vazirligining “Ustuvorlik-2013” dasturida ishtirok etib kelmoqda.
Universitetda hozir 11 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Ulardan qariyb 4 ming nafari- dunyoning 65 mamlakatidan kelgan chet ellik talabalar. Ulardan 200 nafari - oʻzbekistonlik yoshlar.
“Universitet oʻzbekistonlik talabalar sonini koʻpaytirishdan manfaatdor. Masalan, bizda MDH mamlakatlari yoshlari uchun “Politexnika olimpiadasi” oʻtkaziladi. Olimpiada yoshlarning matematika, fizika, kimyo, informatika, rus tili, jamiyatshunoslik, geografiya boʻyicha bilimlari va ijodiy koʻnikmalarini baholash imkonini beradi. Shuningdek, unda universitetga kirish uchun maslahatlar va tavsiyalar olish imkoni ham bor”,- deydi Mixail Solovyev.
Xorijiy talabalar ham xuddi rossiyalik talabalar kabi TPUga balakavriatga ham magistratura bosqichlariga ham byudjet asosida qabul qilinishi mumkin. 2022 yil boʻyicha jami 3443 ta byudjet oʻrinlari ochilgan edi.
Universitet saytida (https://abiturient.tpu.ru/stateless-persons) chet ellik yoshlar uchun barcha batafsil maʼlumotlar bor. Shuningdek, OTMning Telegram da maxsus boti boʻlib, u abituriyentlarga hujjatlarni topshirishda va kirish imtihonlarida tayyorlanishiga yordam beradi. Bot tayyorlanish uchun savollar yuboradi. Bundan tashqari, unda mutaxassislik boʻyicha testdan oʻtish, tayyorgarlik kurslari jamlanmalaridan foydalanish va abituriyent taqvimi bilan tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0