Rossiya

Ukrainadagi natsizm, Gʻarbning yolgʻon vaʼdalari: Lavrov frantsuz telekanaliga intervyu berdi

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Lavrov: Rossiya Ukrainada u yerdagi rejimlar sabab toʻgʻridan-toʻgʻri kamsitish va tajovuzga uchragan odamlarni, rus tilini himoya qilmoqda.
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Frantsiyaning TF1 telekanaliga intervyu berdi.

Odamlarni Ukrainadagi natsizmdan himoya qilish

Sergey Lavrovning soʻzlariga koʻra, Rossiya Ukrainada [sobiq prezident] Pyotr Poroshenko va [prezident] Vladimir Zelenskiy davridagi rejimlar sabab toʻgʻridan-toʻgʻri kamsitish va tajovuzga uchragan odamlarni, rus tilini himoya qilmoqda.
“Biz Ukrainani Gʻarbning toʻgʻridan-toʻgʻri kelishuvi bilan uzoq yillar davom etgan natsizmdan himoya qilmoqdamiz. Operatsiyaning oʻziga kelsak, u reja boʻyicha ketmoqda”, - dedi vazir.

Rossiya oʻz xavfsizligi haqida qaygʻurmoqda

Lavrovning aytishicha, Gʻarb koʻp yillar davomida Moskvaning Ukrainani Rossiyaga qarshi boʻlmaslik va Ukraina hududidan Rossiya davlatiga harbiy xavf tugʻdirmaslik haqidagi chaqiriqlarini mensimay kelgan.
“Rossiya bir kechada oʻz xavfsizligiga tahdidni eʼlon qilgani yoʻq, u koʻp yillar davomida Gʻarbni Ukrainani Rossiyaga qarshi qoʻymaslikka, Rossiya davlatiga Ukraina hududidan harbiy tahdid yaratmaslikka, rus tili madaniyatiga aralashmaslikka chaqirib keldi. Gʻarb bunga parvo qilmadi”, - dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri.
Lavrovning soʻzlariga koʻra, uzoq vaqtdan beri Rossiya Ukrainani xalqaro konventsiyalar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga undagan, biroq Gʻarb bu chaqiriqlariga quloq tutmagan. Bundan tashqari, Ukraina Frantsiya va Germaniya imzolagan Minsk kelishuvlarini maʼqullagan BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini oshkora bajarishdan bosh tortganiga ham Gʻarb befarq boʻlgan.
“Koʻp yillar davomida biz Gʻarbni Ukrainani NATOga jalb qilishning hojati yoʻqligiga ishontirmoqdamiz. Sovet Ittifoqi parchalanganda bizga berilgan barcha vaʼdalardan farqli oʻlaroq, ittifoq Rossiya chegaralariga allaqachon besh marta yaqinlashgan. Ukrainaning NATOga kirishi Rossiya Federatsiyasi chegarasida mamlakatimizga toʻgʻridan-toʻgʻri tahdid yaratishni anglatadi”, - deya qoʻshimcha qildi vazir.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Yevropada Rossiya prezidenti Vladimir Putinning kasal boʻlib qolgani haqidagi mish-mishlarga ham izoh berdi.
“Prezident Putin har kuni omma oldiga chiqadi. Siz uni ekranlarda tomosha qilishingiz, nutqlarini oʻqishingiz va tinglashingiz mumkin. Oʻylaymanki, aqli raso odamlar bu odamda qandaydir kasallik belgilari bor ekanligiga ishonmaydi", - dedi Lavrov.
Yangiliklar lentasi
0