Jamiyat

Yozning birinchi oyida ob-havo qanday boʻladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOtets kupayet detey
Otets kupayet detey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sinoptiklar iyun oyida oʻzbekistonliklani qanday ob-havo kutib turgani haqida maʼlumot berishdi.
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Dastlabki prognozlarga koʻra, bu yilning iyun oyi oʻrtacha issiq boʻladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar bermoqda.
Iyun oyida oʻrtacha oylik harorat meʼyor atrofida, respublika shimoli boʻyicha baʼzi joylarda asosan meʼyordan +1...+2 darajaga yuqori boʻlishi kutilmoqda. Oy davomida respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida kunduz kungi harorat +29...+32 darajadan +36...+39 darajagacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.
Respublikaning shimoliy, janubiy va choʻl hududlarida eng issiq davrlarda havo harorati +40...+42 darajagacha koʻtariladi.
Iyun oyida yogʻingarchilik meʼyordan kam, markaziy va sharqiy hududlarda baʼzi joylarda meʼyor atrofida boʻlishi kutilmoqda.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida iyun oyida kuchli jala yomgʻirlar yogʻishi eng xavfli deb hisoblanadi, chunki ular sel va suv toshqinlari oʻtishiga sabab boʻlishi mumkin.
Keyinchalik yozning oxirigacha oʻrtacha harorat meʼyor atrofida va meʼyordan deyarli yuqori boʻlishi taxmin qilinmoqda.
“Yoz anomal issiq boʻlmaydi, lekin juda issiq ob-havo davrlari, albatta, istisno qilinmaydi. Bu mamlakatimiz iqlimining oʻziga xos xususiyatlaridan biridir”, - deya xulosa qilishgan sinoptiklar.
Yangiliklar lentasi
0