Jamiyat

Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish tartibi yangilandi

© Sputnik / ANDREW ABRAMOVKuxonnaya gazovaya plita
Kuxonnaya gazovaya plita - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangi tartibga koʻra oila aʼzolari koʻp boʻlgan va roʻyxatdan oʻtgan uy xoʻjaliklari ID-karta orqali ikki marotaba gaz olishlari mumkin boʻladi.
TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish tartibi yangilandi. Bu haqda “Hududgaztaminot” habar berdi.
“Hududgaztaminot” qariyb toʻrt mingta isteʼmolchi murojaatini oʻrganib chiqqan. Ularning 40 foizi ikkinchi gaz ballon olish masalasi bilan bogʻliq.
Aytilishicha, isteʼmolchilar orasida aholi uchun imtiyozli narxda ajratilgan suyultirilgan gazni olib qayta sotish, maishiy gaz ballonlaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasdan foydalanish holatlari aniqlandi.
Shu sababli, soʻnggi vaqtda inson hayotiga va sogʻligʻiga xavf soluvchi 20 dan ortiq turli xil baxtsiz hodisalar roʻy berishi kuzatilgan.
“Yangi tartibga koʻra oila aʼzolari koʻp boʻlgan va roʻyxatdan oʻtgan uy xoʻjaliklari endi belgilangan muddatda oʻz ID-karta orqali ikki marotaba gaz olishlari mumkin boʻladi”, - deyiladi xabarda.
Endilikda mutaxassislar qoʻshimcha gaz balloni olish bilan bogʻliq har bir murojaatni joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqadi.
Bundan tashqari, yangi isteʼmolchilarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi ham yangilandi.
Bunda xonadonda texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, oshxona va gaz jihozlari belgilangan talab va standarlarga mos kelishiga alohida eʼtibor qaratildi.
Gaz ballonni ishga tushirish va sozlash xizmati uchun toʻlov amalga oshirilgandan soʻng, oʻrnatilgan tartibda shartnoma tuziladi hamda tasdiqlangan jadval asosida manzilga suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.
Shavkat Mirziyoyev resurslarni tejash muhimligini taʼkidladi
Yangiliklar lentasi
0