Iqtisod

Aktsiz oshishi benzin narxiga taʼsir qilmaydi - “Oʻzbekneftgaz”

© Sputnik / Evgeny OdinokovAvtomobil vo vremya zapravki
Avtomobil vo vremya zapravki  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Aktsiz soliq stavkalari oʻzgarishi hisobiga bugungi kunda 1 litri 6 800 soʻmni tashkil qilayotgan Ai-80 markali avtobenzinning chakana narxi oshmaydi.
TOSHKENT, 31 may — Sputnik. 2022 yil 1 iyundan aktsiz soliq stavkalari miqdorlarining oʻzgarishi hisobiga “Oʻzbekneftgaz” AJ AYOQShlarida benzin narxi oshmaydi. Bu haqda mazkur AJ matbuot xizmati xabar berdi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi UNG Petro AYOQShlarida 1 iyundan aktsiz soliqlari boʻyicha kiritilayotgan oʻzgarishlar hisobiga bugungi kunda 1 litri 6 800 soʻmni tashkil qilayotgan Ai-80 markali avtobenzinning chakana narxi oshmaydi”, deyiladi xabarda.
Neft mahsulotlariga solinadigan aktsiz soliq stavkalari:
1 tonna Ai-80 markali avtobenzin: amalda – 240 000 soʻm, 1 iyundan – 275 000 soʻm (oʻzgarish 35 000 soʻm yoki 15 %);
1 tonna Ai-90 va undan yuqori markali avtobenzin: amalda – 275 000 soʻm, 1 iyundan – 275 000 soʻm (oʻzgarishsiz);
1 tonna dizel yoqilgʻisi: amalda – 240 000 soʻm, 1 iyundan – 264 000 soʻm (oʻzgarish 24 000 soʻm yoki 10 %);
1 tonna EKO dizel yoqilgʻisi: amalda – 216 000 soʻm, 1 iyundan – 237 600 soʻm (oʻzgarish 21 600 soʻm yoki 10 %).
Qayd etilishicha, “Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq qator neft mahsulotlari va yakuniy isteʼmolchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aktsiz soliq stavkalariga joriy yil 1 iyundan oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Xususan, AI-80 benzini misolida koʻrilganida, AYOQShlarda oʻrtacha narx tarkibidagi mavjud soliq va boshqa majburiy toʻlovlar oʻrtacha 71 soʻmgacha (QQS bilan) boʻlgan miqdorda chakana narxiga taʼsir qilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0