Rossiya

Delivery Club kuryerlarining shaxsiy maʼlumotlari sizib chiqqan boʻlishi mumkin

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishMigrant
Migrant - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Delivery Slub xizmat kurerlarining shaxsiy maʼlumotlarining sizib chiqishi haqidagi maʼlumotlarni tekshiradi
TOSHKENT, 31 may - Sputnik. Rossiyaning yirik shaharlarida tayyor restoran taomlarni mijorlarga yetkazib berish bilan shugʻullanadigan Delivery Club kurerlarning shaxsiy maʼlumotlari sizib chiqib ketgani haqidagi maʼlumotlarni tekshirmoqda, deb xabar qildi kompaniya RIA Novostiga.
Dushanba kuni ertalab Telegram kanallari va ommaviy axborot vositalarida Yandex.Food va Delivery Club yetkazib berish xizmatlari kurerlarining shaxsiy maʼlumotlari boʻlgan fayllar ommaga ochiqligi haqida maʼlumotlar paydo boʻldi.
Xabar qilinishicha, Yandex.Food kurerlarining maʼlumotlar faylida kurerlarning ism shariflari, parollari va telefon raqamlari koʻrsatilgan 700 mingdan ortiq qatordan iborat. Delivery Club kurerlari maʼlumotlari boʻlgan faylda esa ismlar, elektron pochta, telefon raqamlari va 521,5 mingta qator mavjud, - deyilgan xabarda.
Delivery Club ayni damda ushbu "maʼlumotlarning haqiqatligini va sizib chiqqan telefon raqamlari kuryerlarga tegishlili ekanini tekshirishni maʼlum qilgan. Ayni damda kompaniya xavfsizlik xizmati ushbu axborotlarni tekshirmoqda, - deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Delivery Club — Rossiyaning eng yirik tayyor ovqat yetkazib berish xizmati hisoblanadi. Bugungi kunda kompaniya Rossiyaning 300dan ortiq shaharlarda 53 mingdan ortiq restorn va magazinlar bilan hamkorlik qiladi. 2021 yil yakuniga koʻra Delivery Club darmadi 16,2 mlrd. rublni tashkil qilgan. Bu 2020 yilga nisbatan 60%ga koʻp.
Yangiliklar lentasi
0