Rossiya bozorida O‘zbekiston qorako‘l mahsulotlariga qiziqish ortmoqda

© Press-slujba assotsiatsii "Uzcharmsanoat"Uchastniki vstrechi v Assotsiatsii "Uzcharmsanoat"
Uchastniki vstrechi v Assotsiatsii Uzcharmsanoat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida mo‘ynachilik sohasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida memorandum imzolashdi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. “O‘zcharmsanoat” uyushmasi hamda Rossiyaning “Magkoe zoloto” mo‘yna va charm assosiasiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Bu haqda “O‘zcharmsanoat” xabar berdi.
Rossiya mo‘ynachilik kengashi prezidenti Sergey Stolbovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya bozorida o‘zbek qorako‘l mahsulotlariga talab ortib bormoqda.
“Toshkentda o‘tkazilgan “UzCharmExpo-2022” 12 xalqaro ko‘rgazma-yarmarka doirasida rossiyalik tadbirkorlar qorako‘l mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi ko‘plab mahalliy tadbirkorlar bilan muzokalar o‘tkazdi va manfaatli kelishuvlarga erishdi”, deyiladi xabarda.
Muloqot chog‘ida “Magkoe zoloto” mo‘yna va charm assosiasiyasi vakillari bilan Patigorskda bo‘lib o‘tadigan “Magkoe zoloto” xalqaro ko‘rgazmasida o‘zbekistonlik tadbirkorlarning ishtirokini ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba assotsiatsii "Uzcharmsanoat"Uchastniki vstrechi v assotsiatsii "Uzcharmsanoat"
Uchastniki vstrechi v assotsiatsii Uzcharmsanoat  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2022
Uchastniki vstrechi v assotsiatsii "Uzcharmsanoat"
Aytilishicha, ushbu ko‘rgazmada ishtirok etish mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yangi bozorlarga chiqish uchun keng imkoniyatlarni ochadi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston qorako‘l mahsulotlarini yetishtirishda dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Patigorsk Rossiyaning mo‘ynachilik sanoati poytaxti sanaladi.
Yangiliklar lentasi
0