Kolumnistlar

Rossiya sabogʻi: dunyo endi Gʻarbga ishonmaydi

© Sputnik / Vladimir Sergeev / Fotobankka oʻtishFlagi Rossii i Yevrosoyuza
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ukraina voqealari dunyoni teng boʻlmagan ikki qismga boʻlib qoʻydi: Aholisi Rossiyaga qarshi boʻlgan Gʻarb ozchiligi hamda Rossiya tarafdori boʻlgan Osiyo, arab dunyosi, Afrika va Lotin Amerika davlatlaridan iborat koʻpchillik.
Nega Yevropa mamlakatlari yetakchilari Bryusselda rejadan tashqari YEI sammitida yigʻildi? Yigʻilishdan maqsad maxsus operatsiya boshlanganining yuz kunini asl maʼnosi nomaʼlum boʻlgan Rossiyaga qarshi sanktsiyalarning oltinchi paketi bilan nishonlash boʻlgan.
Agar Yevropa Ukraina tor-morini toʻxtatishni istaganda, yangi saktsiyalar qoʻllamagan (chunki bu baribir yordam bermaydi), balki Kiyevga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilib yangi qurollar yetkazib berilmasligini, Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish uchun nomzod maqomini kutish kerak emasligini va Rossiya bilan yarashishning yoʻllarini Ukraina hukumatining oʻzi topishi kerakligini ochiq-oydin aytgan boʻlardi.
Aslida Yevropa ushbu ishni 2014 yilning oʻzidayoq qilish kerak boʻlganini tan olishi kerak. Bundan tashqari, Rossiya va Ukraina munosabatlari Yevropaning ichki ishi emas, umuman Yevropa Ittifoqining bunga aloqasi yoʻq. Bu YEI uchun mutalaqo begona ish. Yaxshisi, bunga u aralashmagani va rus yerlari hisobiga oʻzining taʼsir maydonini koʻpaytirmagani maʼqul. Va albatta, Rossiya yutqazishiga ham pul tikmasligi kerak edi.
Biroq, YEI aniq-ravshan, koʻrinib turgan voqealarni tan olishni istamaydi. Shuning uchun ham sanktsiyalar oʻrasiga tobora chuqurroq kirishga majbur. Ha, aynan chuquriga. Agar sanktsiyalar Rossiyaning jangovar harakatlarini toʻxtatishga imkon bermasa (axir bu ularning rasmiy sababiku), tezkor va kerakli zarar yetkaza olmasa, unda Yevropa uchun ulardan qanday naf? Nima uchun yevropaliklar inflyatsiyadan aziyat chekishlari kerak? Axir yaqinda Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Xabek aytganidek, sanktsiyalarni kelishib olishdagi muammolar yagona emas:
Rossiyaning Ukrainaga nisbatan tajovuzi boshlangandan soʻng, biz agar Yevropa birlashsa nima boʻlishini koʻrdik. Sammit oldidan umid qilamizki, bundan keyinroq ham shunday boʻladi. Ammo, hozir bu birdamlikka putur yetkazila boshladi.
YEI Rossiya nefti importiga taqiq qoʻyish borasida birdam emas: bir nechta mamlakatlar, birinchi navbatda Vengriya oʻz kelishuvini koʻp milliardlik kompensatsiya evazigagina berishi mumkinligini talab qilmoqda. Natijada sanktsiyalarning yangi paketida minimum quvurdan oʻtkaziladigan neft uchun taqiq qoʻyilmasligi mumkin. Biroq, Yevropa Vengriyaga kompensatsiya toʻlab bergan va Rossiya neftidan butunlay voz kechgan taqdirda ham, nimaga erisha oladi? Narx-navolarning oʻsishidan tashqari, albatta.
Ukrainadagi maxsus operatsiya tugamaydi. Balki, yangi sanktsiyalardan soʻng yevropaliklar oʻzlarini ancha xavfsiz va himoyalangan his qilib qolar. Rossiyadan qaramlikning kamligi ularga ertangi kun uchun koʻproq ishonch beradimi? Moskvaning Boltiqboʻyi va Polshaga hujumining oldini olib qoʻyadimi? Axir bunday rejalar haqida Polsha rahbarlari aytyaptiku. Yaʼni, Rossiya NATOga qarshi urush eʼlon qilmoqchi- va yevropaliklar bu safsataga ishonadimi? Va sanktsiya qoʻllashni qoʻllab – quvvatlaydimi?
Hozircha, ha, shunday. “Demokratiyalar alyansi” jamgʻarmasi (besh yil avval NATOning sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussen tomonidan tuzilgan) oʻtkazgan ijtimoiy soʻrovnoma bunga isbot boʻlishi mumkin. Natijalarni kuni kecha The Guardian nashri “soʻrovnomalarga koʻra, Rossiyaga qarshi salbiy qarashlar asosan gʻarbiy liberal demokratik mamlakatlar bilan cheklangan” nomli sarlavha ostida eʼlon qildi.
Darhaqiqat, soʻrovnoma faqat Gʻarbda oʻtkazilmagan. Hozirga qadar unga 52 ta mamlakat qamrab olingan.
Yevropa aholisining 55% Rossiya bilan iqtisodiy munosabatlarni uzishni yoqlab chiqqan.
Rossiyaga qarshilan soni eng koʻp boʻlgan davlat - Polsha (87%) va Ukrainaning oʻzida (80%) chiqqani ajablanarli emas. Biroq, uchinchi oʻrinda kutilmaganda - Portugaliya (79%). Bu holatda nafaqat Rossiyaga qarshi propaganda, balki mamlakatimiz bilan boʻlgan aloqalarning kamligi, shuningdek energetika borasida munosabatlarning yoʻqligi ham oʻz taʼsirini oʻtkazgan.
Toʻrtinchi oʻrin - Shvetsiya (77%) va bu tushunarli. Biroq, biz bilan anʼanaga koʻra doʻstona boʻlgan Italiyaning natijalari (65%) hayratga soladi. Xuddi shunday koʻrsatkichni azaldan bizga dushman kayfiyatida boʻlgan Buyuk Britaniya ham kayd etgan, garchi bu yerda koʻrsatkich dinamikasi muhim boʻlsa ham. “Demokratiyalar alyansi soʻrovnomasi, ehtimol, erta bahorda oʻtkazilgan, ammo boshqa tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, xuddi shu Britaniyada mart-may oylari uchun sanktsiyalar urushini qoʻllab-quvvatlovchilar soni 50% dan 36% gacha kamaydi (narxlar ham oʻz taʼsirini oʻtkazgan).
Germaniya 62% bilan oʻrtacha Yevropa darajasidan yuqori, bundan tashqari, Rossiya energiya tashuvchilarga embargo qoʻyish tarafdorlari soni mart-may oylarida mamlakatda 44% dan 50% gacha koʻtarildi.
AQSH ham Germaniya bilan teng: xuddi shunday 62% odam Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni qoʻllab-quvvatladi, ammo ikki oy ichida ularning soni, boshqa soʻrovnomalarga koʻra, 55% dan 45% gacha kamaygan.
Umumiy tendentsiya aniq: inflyatsiya yevropaliklar va amerikaliklarning choʻntagiga zarba bergan boʻlsada, ularni Ukrainaning Rossiya ustidan gʻalaba qozonishi (yoki, “Rossiyaning gʻalabasini oldini olish”) mumkinligiga ishonchlari komil edi, koʻpchilik sanktsiyalar tarafdorlari edi. Gʻalaba bilan bogʻliq vaziyat aniq boʻlmadi, (Gʻarb ommaviy axborot vositalarining aytishi boʻyicha) inflyatsiya esa bir vaqtning oʻzida tezlashgani sayin kayfiyat ham oʻzgara boshladi. Va biz bu jarayonning boshlanishida turibmiz.
Rossiyaga bundan nima naf? Hech qanday naf yoʻq. Shundoq ham bizning harakatlarimiz yevropaliklar nima deb oʻylayotganiga bogʻliq emas.
Tezdir yoki sekin, katta yoki kichik harakatlar bilandir, ammo biz baribir oʻz maqsadimizga erishamiz: Ukraina Gʻarb taʼsiridan chiqariladi. Biroq, gʻarb elitasi va oddiy odamlarning kayfiyatlarini nafaqat harbiy operatsiyalarda, balki ular bilan birgalikda ketayotgan maxsus geosiyosiy operatsiyada ham inobatga olish zarur boʻladi. Bu faqat Rossiyaning oʻziga emas, balki butun dunyo uchun ahamiyatli.
Shuning uchun “Demokratiyalar alyansi” soʻrovnomasining gʻarbda boʻlmagan mamlakatlardagi koʻrsatkichlari ham shuni koʻrsatadiki, ularning barchasi Rossiyaga nisbatan ijobiy munosabatda va sanktsiyalar qoʻllanilishini qoʻllab–quvvatlamaydi. Darvoqe, Yevropa mamlakatlari orasida Rossiya bilan iqtisodiy munosabatlarni uzishni istamagan ikkita mamlakat chiqdi: Vengriya va Gretsiya.
Umumiy hisobda, aholisi Rossiya bilan aloqalarni uzishga qarshi boʻlgan mamlakatlar 52 tadan 20 tani tashkil etadi. Ammo bular aynan kim ekani ahamiyatli.
Bular Osiyoning eng yirik mamlakatlari: Xitoy, Hindiston, Turkiya, Indoneziya, Pokiston. Shuningdek Tailand, Malayziya, Vyetnam, Filippin ham Rossiya tarafdori. Arab dunyosida ham xuddi shunday koʻrsatkich: Saudiya Arabistoni, Misr, Jazoir va Marokash. Afrikada ham– Nigeriya, JAR va Keniya. Lotin Amerikasida esa tengma-teng. Ammo, shunda ham mintaqaning yirik mamlakati boʻlmish Meksikada koʻpchilik sanktsiyalarga qarshi.
Bundan tashqari, Rossiyaga nisbatan eng ijobiy munosabatlar Hindistonda (36%), Jazoirda (29%) va Indoneziyada (14%) qayd etilgan.
Shu bois, hatto The Guardian ham “asosan Gʻarb liberal demokratiyalari va dunyoning qolgan qismi tomonidan Rossiya haqidagi tasavvurlarda keskin qutblanish” va “Rossiyaga nisbatan salbiy qarashlar asosan Yevropa va boshqa liberal demokratik davlatlar bilan cheklanganligini” tan oldi.
Ahamiyatlisi, ushbu soʻrovnoma maxsus operatsiyaning dastlabki kunlaridan aniq boʻlgan haqiqatni tasdiqladi: dunyo ikkita teng boʻlmagan qismga boʻlingan.
Rossiyaga qarshi ozchilik Gʻarb bilan cheklangan va u global ommaviy axborot vositalari koʻrinishida ulkan kuchga ega boʻlib, gʻarbiy boʻlmagan dunyoning aksariyat medialari undan maʼlumot oladi (Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyoning bir qancha qismlari haqida). Va ularning muhim qismi ochiqdan-ochiq Rossiyaga qarshi pozitsiyani egalladi. Biroq, u mahalliy elitani ham, aholining asosiy qismini ham Rossiyaga qarshi qoʻzgʻatolmadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi ovoz berish jarayonida gʻarbga tegishli boʻlmagan koʻplab asosiy davlatlar Rossiyani qoralashdan tiyilishganida, ularning pozitsiyasini Gʻarbda Moskva bilan janjallashishni istamasliklari va bunday davlatlar hukmdorlarining avtoritar tabiati bilan izohlashdi. Emishki, ular Gʻarb demokratiyasini yoqtirmaydi, shuning uchun Putinni qoʻllab-quvvatlashadi. Ammo ijtimoiy soʻrovnomalar shuni koʻrsatmoqdaki, bu davlatlarning xatti-harakatlarini shunchaki hisob-kitob bilan izohlab boʻlmaydi, chunki Rossiyaning oddiy fuqarolari ham unga xuddi shunday munosabatda boʻladi.
Baʼzilar oʻzini insoniyat tsivilizatsiyasining choʻqqisi deb biladigan yevropaliklar va amerikaliklar kabi xalqaro siyosatda tajribali boʻlishdan yiroq, lekin Gʻarbning Rossiyaga nisbatan baholari va munosabatlarining adolatsizligi va yolgʻonligini ancha yaxshi tushunadi. Albatta, yevropaliklar uchun mamlakatimiz haqida notoʻgʻri qarashlardan xalos boʻlish ancha qiyin: rusofobiya chuqur tarixiy ildizlarga ega.
Bu hozirgi Yevropa elitasida geosiyosiy mustaqillikning yoʻqligi bilan qoʻshilashganda esa, Rossiya bilan sanktsiyalar urushiga asir tushishdan qutulish juda qiyin boʻladi. Biroq, Yevropada hamon boshqa yoʻl yoʻq. Rossiyaning emas, aynan Yevropaning boshqa yoʻli yoʻq. Va u buni qanchalik tez tushunsa, kelajakda shunchalik kam yoʻqotishlarga duchor boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0