https://oz.sputniknews-uz.com/20220531/sanktsiyalar-evropaga-zarar-rossiyaga-foyda-keltirmoqda---britaniya-oavi-24902599.html
Sanktsiyalar Yevropaga zarar, Rossiyaga foyda keltirmoqda - Britaniya OAVi
Sanktsiyalar Yevropaga zarar, Rossiyaga foyda keltirmoqda - Britaniya OAVi
Britaniya jurnalistiga koʻra, Rossiyaga qarshi kriritilgan sanktsiyalar dunyo bozorlarida energiya tashuvchilar va oziq-ovqat narxi oshishiga hamda ushbu bozorlarda... 31.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-31T14:14+0500
2022-05-31T14:14+0500
2022-05-31T14:14+0500
dunyoda
sanktsiyalar
rossiya
yevropa
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/07/0a/14515094_0:27:1600:927_1920x0_80_0_0_aa251c5e8032a8731474aaeb091906af.jpg
TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Gʻarbning Rossiyaga qarshi kiritgan sanktsiyalari foydadan koʻra koʻproq zarar keltirmoqda. Bu sanktsiyalar bekor qilinishi kerak, deydi Britaniyaning “The Guardian” gazetasi jurnalisti Saymon Jenkins. Muallifning qayd etishicha, Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanktsiyalar energiya narxining oshishiga sabab boʻlgan va bu Yevropa mamlakatlari uchun jiddiy iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, Yevropa davlatlari gaz va neft yetkazib berish uchun Rossiyaga har kuni taxminan 1 milliard dollar toʻlashiga qaramasdan kelasi yili Buyuk Britaniyadagi 6 millionga yaqin xonadon yertalab va kechqurun elektr tokidan uzilib qolishi mumkin, xuddi shunday holat Yevropada ham kuzatilishi ehtimoli bor.Jenkinsning fikricha, Yevropa Ittifoqidagi Rossiyaga qarshi cheklovlar atrofidagi muhokama aslida “macho ritorika”ga aylangan. Hamjamiyatga aʼzo davlatlar Rossiya Federatsiyasidan neftga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan yangi cheklovlar toʻplamini kelishib olishga harakat qilmoqda, ammo hozircha ular bu masala boʻyicha yakdil boʻla olmayapti, chunki Vengriyaning pozitsiyasi taʼminotga bogʻliq.Jurnalistning taʼkidlashicha, dastlab Rossiyani Ukrainadagi maxsus operatsiyani toʻxtatishga majburlash uchun kiritilgan sanktsiyalar ochiq-oydin muvaffaqiyatsizlikka uchragan.Bundan tashqari, bir qator Yevropa kompaniyalarining gaz uchun toʻlovni rublda amalga oshirishdan bosh tortishi Rossiya gazining Yevropaga yetkazib berish hajmini yanada qisqartirdi, Shu sababli dunyoda energiya resurslari narxi yanada oshishi mumkin. Bu Rossiya iqtisodiyotiga ijobiy taʼsir qiladi.Maqolada keltirilishicha, Ukrainadagi voqealar gʻalla narxining oshishiga olib keldi, bu faqat Moskvaning ushbu bozordagi mavqeini mustahkamlaydi. Oziq-ovqat taʼminotida uzilish esa rivojlanayotgan mamlakatlarda ocharchilikni yuzaga keltirib chiqarishi mumkin. Mazkur holat Yevropa rahbarlarini sanktsiyalar siyosatini qayta koʻrib chiqish haqida oʻylashga majbur qilishi kerak.Sharh muallifining xulosasiga koʻra, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanktsiyalarni bekor qilishi zarur, chunki ular Yevropa davlatlariga salbiy taʼsir qiladi. Shu bilan birga, Jenkins vaziyatning keng koʻlamli Yevropa mojarosiga aylanishiga yoʻl qoʻymasligi kerakligini ham qoʻshimchi qildi.Maʼlumot uchun, 24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass respublikalari rahbarlarining yordam soʻroviga javoban Ukrainada maxsus harbiy operatsiya oʻtkazilishini maʼlum qildi. Shundan soʻng, AQSH, YEI, Buyuk Britaniya, shuningdek, bir qator boshqa davlatlar Rossiya Federatsiyasiga qarshi keng koʻlamli sanktsiyalar kiritdi.
rossiya
yevropa
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/07/0a/14515094_151:0:1574:1067_1920x0_80_0_0_6a75c20546804b689f0d545d84565b58.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
sanktsiyalar, rossiya, yevropa
Sanktsiyalar Yevropaga zarar, Rossiyaga foyda keltirmoqda - Britaniya OAVi
Britaniya jurnalistiga koʻra, Rossiyaga qarshi kriritilgan sanktsiyalar dunyo bozorlarida energiya tashuvchilar va oziq-ovqat narxi oshishiga hamda ushbu bozorlarda Rossiyaning mavqei mustahkamlanishiga olib kelmoqda
TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Gʻarbning Rossiyaga qarshi kiritgan sanktsiyalari foydadan koʻra koʻproq zarar keltirmoqda. Bu sanktsiyalar bekor qilinishi kerak,
deydi Britaniyaning “The Guardian” gazetasi jurnalisti Saymon Jenkins.
“Yevropa Ittifoqi sanktsiyalarni bekor qilishi kerak – ular foydadan koʻra koʻproq zarar keltiradi. Sanktsiyalar Rossiyani Ukrainani tark etishga majburlash oʻrniga, oziq-ovqat va energiya narxining osmonga koʻtarilayotganiga sabab boʻlmoqda. Bu butun dunyoga katta azob-uqubatlar keltiryapti”, - deb yozadi Jenkins maqolasida.
Muallifning qayd etishicha, Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanktsiyalar energiya narxining oshishiga sabab boʻlgan va bu Yevropa mamlakatlari uchun jiddiy iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, Yevropa davlatlari gaz va neft yetkazib berish uchun Rossiyaga har kuni taxminan 1 milliard dollar toʻlashiga qaramasdan kelasi yili Buyuk Britaniyadagi 6 millionga yaqin xonadon yertalab va kechqurun elektr tokidan uzilib qolishi mumkin, xuddi shunday holat Yevropada ham kuzatilishi ehtimoli bor.
U Germaniya oʻz neftining 12 foizini va gazining 35 foizini Rossiyadan sotib olishini, Vengriyada bu koʻrsatkichlar ancha yuqori ekanini ham qoʻshimcha qildi.
Jenkinsning fikricha, Yevropa Ittifoqidagi Rossiyaga qarshi cheklovlar atrofidagi muhokama aslida “macho ritorika”ga aylangan. Hamjamiyatga aʼzo davlatlar Rossiya Federatsiyasidan neftga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan yangi cheklovlar toʻplamini kelishib olishga harakat qilmoqda, ammo hozircha ular bu masala boʻyicha yakdil boʻla olmayapti, chunki Vengriyaning pozitsiyasi taʼminotga bogʻliq.
Jurnalistning taʼkidlashicha, dastlab Rossiyani Ukrainadagi maxsus operatsiyani toʻxtatishga majburlash uchun kiritilgan sanktsiyalar ochiq-oydin muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Bundan tashqari, bir qator Yevropa kompaniyalarining gaz uchun toʻlovni rublda amalga oshirishdan bosh tortishi Rossiya gazining Yevropaga yetkazib berish hajmini yanada qisqartirdi, Shu sababli dunyoda energiya resurslari narxi yanada oshishi mumkin. Bu Rossiya iqtisodiyotiga ijobiy taʼsir qiladi.
Maqolada keltirilishicha, Ukrainadagi voqealar gʻalla narxining oshishiga olib keldi, bu faqat Moskvaning ushbu bozordagi mavqeini mustahkamlaydi. Oziq-ovqat taʼminotida uzilish esa rivojlanayotgan mamlakatlarda ocharchilikni yuzaga keltirib chiqarishi mumkin. Mazkur holat Yevropa rahbarlarini sanktsiyalar siyosatini qayta koʻrib chiqish haqida oʻylashga majbur qilishi kerak.
Sharh muallifining xulosasiga koʻra, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanktsiyalarni bekor qilishi zarur, chunki ular Yevropa davlatlariga salbiy taʼsir qiladi. Shu bilan birga, Jenkins vaziyatning keng koʻlamli Yevropa mojarosiga aylanishiga yoʻl qoʻymasligi kerakligini ham qoʻshimchi qildi.
Maʼlumot uchun, 24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass respublikalari rahbarlarining yordam soʻroviga javoban Ukrainada maxsus harbiy operatsiya oʻtkazilishini maʼlum qildi. Shundan soʻng, AQSH, YEI, Buyuk Britaniya, shuningdek, bir qator boshqa davlatlar Rossiya Federatsiyasiga qarshi keng koʻlamli sanktsiyalar kiritdi.