https://oz.sputniknews-uz.com/20220601/kop-kvartirali-uylarni-noqonuniy-ozgartirganlik-uchun-jarima-belgilandi--24930047.html
Koʻp xonadonli uy konstruktsiyasini oʻzgartirish uchun jarima belgilandi
Koʻp xonadonli uy konstruktsiyasini oʻzgartirish uchun jarima belgilandi
Uylar konstruktsiyalarini noqonuniy oʻzgartirgan fuqarolar 9 mln soʻmgacha va mansabdor shaxslar esa 15 mln soʻmgacha jarima toʻlaydi. 01.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-01T13:38+0500
2022-06-01T13:38+0500
2022-06-01T13:44+0500
jamiyat
jarima
uy
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0a/13/20967552_215:461:2809:1920_1920x0_80_0_0_072d21f9edb23270ada38562fee987e8.jpg
TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Koʻp kvartirali uylar konstruktsiyalarini noqonuniy oʻzgartirganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu prezident tomonidan imzolangan OʻRQ–773-sonli qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi hamda Soliq kodekslariga kiritilgan oʻzgartirishlarda nazarda tutilgan.Koʻp kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish mansabdor shaxslarga BHMning 15 baravari (4 mln 500 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.Koʻp kvartirali uylardagi tayanch va toʻsiq konstruktsiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda oʻzgartirish yoki rekonstruktsiya qilish jarima solishga sabab boʻladi. Shuningek, uylarda va unga tutash yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurish ishlarini amalga oshirish ham taʼqiqlanadi.Jarima miqdori quyidagicha:Ushbu huquqbuzarlikni (toʻsiq konstruktsiyalarga oid qismida) birinchi marta sodir etgan shaxs, oʻzgarish oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra:- boshqaruvchi tashkilotlar yoki koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash, shuningdek koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlar hamda bajarilayotgan ishlar boʻyicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi;- bu boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan hamda bajarilgan ishlardan olingan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0a/13/20967552_234:0:2907:2005_1920x0_80_0_0_8c8078b6649b157cccdd4f530db21051.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jarima, uy
Koʻp xonadonli uy konstruktsiyasini oʻzgartirish uchun jarima belgilandi
13:38 01.06.2022 (yangilandi: 13:44 01.06.2022) Uylar konstruktsiyalarini noqonuniy oʻzgartirgan fuqarolar 9 mln soʻmgacha va mansabdor shaxslar esa 15 mln soʻmgacha jarima toʻlaydi.
TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Koʻp kvartirali uylar konstruktsiyalarini noqonuniy oʻzgartirganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu prezident tomonidan imzolangan OʻRQ–773-sonli qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi hamda Soliq kodekslariga kiritilgan oʻzgartirishlarda nazarda
tutilgan. Koʻp kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish mansabdor shaxslarga BHMning 15 baravari (4 mln 500 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Koʻp kvartirali uylardagi tayanch va toʻsiq konstruktsiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda oʻzgartirish yoki rekonstruktsiya qilish jarima solishga sabab boʻladi. Shuningek, uylarda va unga tutash yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurish ishlarini amalga oshirish ham taʼqiqlanadi.
Jarima miqdori quyidagicha:
fuqarolarga BHMning 30 baravarigacha (9 mln soʻmgacha);
mansabdor shaxslarga 50 baravarigacha (15 mln soʻmgacha).
Ushbu huquqbuzarlikni (toʻsiq konstruktsiyalarga oid qismida) birinchi marta sodir etgan shaxs, oʻzgarish oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra:
- boshqaruvchi tashkilotlar yoki koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash, shuningdek koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlar hamda bajarilayotgan ishlar boʻyicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi;
- bu boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan hamda bajarilgan ishlardan olingan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi.