Metroning ikkinchi vestibullari ishlash vaqti tungacha uzaytirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPassajiri v poyezde
Passajiri v poyezde - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2022
Obuna bo‘lish
Bugundan 15 ta metro bekati ish faoliyatini tongi soat 05:00 dan kech soat 00:00 ga davom ettiradi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. 1-iyundan boshlab Toshkent metrosining 15 ta bekati tongi soat 05:00 dan tungi soat 00:00 ga qadar ishlaydi. Bu haqda poytaxt metropoliteni xabar berdi.
Hamid Olimjon, Pushkin, Mirzo Ulug‘bek, Oybek, Beruniy, Abdulla Qodiriy, “Novza”, “Toshkent”, “Kosmonavtlar”, “Chorsu”, “Tinchlik”, “Turkiston”, “Shahriston”, “Bodomzor” hamda “Minor” metro bekatlarining ikkinchi vestibuli tonggi soat 05:00 dan tungi soat 00:00 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
Ta’kidlanishicha, bunday tartib metro yo‘lovchilariga qulaylik yaratish va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bu kunga qadar bu bekatlarning ikkinchi vestibuli soat 07:00 dan 19:00 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatgan.
Yangiliklar lentasi
0