Dunyoda

Qozogʻiston Rossiyaga qarshi sanktsiyalarga qoʻshilmaydi – Kosherbayev

© Sayt posolstva Kazaxstana v RFChrezvыchaynыy i Polnomochnыy Posol Respubliki Kazaxstan v Rossiyskoy Federatsii Kosherbayev Yermek Bedelbayevich
Chrezvыchaynыy i Polnomochnыy Posol Respubliki Kazaxstan v Rossiyskoy Federatsii Kosherbayev Yermek Bedelbayevich - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kosherbayev Qozogʻiston Rossiya bilan hamkorligi ruhiga zid boʻlishi mumkin boʻlgan qadamlar qoʻymasligini aytdi.
TOSHKENT, 1 iyun - Sputnik.Qozogʻiston Gʻarbning Rossiyaga qarshi sanktsiyalarga qoʻshilmaydi, dedi mamlakatning Moskvadagi elchisi Yermek Kosherbayev. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Biz Rossiya Federatsiyasiga nisbatan sanktsiyalar bosimiga qoʻshilmaymiz va hamkorligimiz ruhiga zid boʻlishi mumkin boʻlgan qadamlar qoʻymaymiz”, dedi u “Rossiya 24” telekanali efirida.
Yermek Kosherbayev Rossiya har qanday sharoitda ham oʻz mamlakatining eng yaqin qoʻshnisi va eng muhim hamkori boʻlib qolishini taʼkidladi.
“Qozogʻiston hech qachon geosiyosiy oʻyinlarda qatnashmagan va qatnashmaydi”, deya qoʻshimcha qildi u.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi “DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish” deb atagan.
Shu munosabat bilan koʻplab Gʻarb davlatlari Rossiyaga nisbatan qator cheklov choralarini kiritmoqda. Masalan, Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaiga qarshi ketma-ket oltita sanktsiyalar paketini qabul qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati Gʻarbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini hamda sanktsiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba boʻlganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, Gʻarbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
Yangiliklar lentasi
0