Rossiya

Rossiya va Xitoy Gʻarb sanktsiyalariga qarshi birga kurashmoqda – Oshepkov

© Depositphotos / RyzhovFlagi Rossii i Kitaya
Flagi Rossii i Kitaya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bosh konsul Oshepkov: Rossiya va Xitoy kompaniyalari sanktsiyalari tufayli yuzaga kelgan xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi.
TOSHKENT, 1 iyun - Sputnik.Rossiya va Xitoy kompaniyalari Gʻarb sanktsiyalari tufayli yuzaga kelgan xarajatlarni qoplashga imkon topmoqda. Bu haqida Rossiyaning Xarbindagi bosh konsuli Vladimir Oshepkov “RIA Novosti”ga bergan intervyusida maʼlum qildi.

“Bir tomondan, Xitoy va Rossiyadagi tadbirkorlar, birinchi navbatda, moliyaviy hisob-kitoblar hamda logistika sohasida odatiy ish uslublaridan voz kechishga majbur. Biroq, bu xarajatlar ikki tomonlama hamkorlik uchun yengib boʻlmaydigan toʻsiqqa aylanmadi”, - deya taʼkidladi diplomat.

Undan tashqari, Xitoyda koʻpchilik Gʻarb kompaniyalarining Rossiya bozoridan chiqib ketishini mamlakat biznesi rivojlanishi uchun yaxshi imkoniyat deb hisoblaydi, dedi diplomat.
Avvalroq, Xitoyning CGTN telekanali hozir Rossiyaga qarshi rekord darajada sanktsiyalar kiritilgani, lekin hukumat tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar mamlakatning sanktsiyalar bosimiga dosh bera olishini namoyish qilganini qayd etgandi.
Unga koʻra, hech bir davlat yoki davlatlar guruhi Rossiya nefti va gazining oʻrnini toʻldira olmaydi. Bugʻdoy va oʻgʻit yetishmovchiligi esa - butun dunyoda oziq-ovqat taqchilligiga olib kelishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gʻarb kiritayotgan sanktsiyalar nafaqat Rossiya, balki butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berishi, endi dunyoda oziq-ovqat bilan bogʻliq muammolar paydo boʻlishi haqida ogohlantirgan edi.

“Biz qiyinchiliklarni oʻtgan yillarda qanday yenggan boʻlsak, endi ham shunday ularni yengib oʻtamiz. Biz bu davrni boshdan kechirishimiz kerak. Iqtisodiyot, albatta, yangi vaziyatga moslashadi”, degandi Rossiya yetakchisi.

Shuningdek, mamlakat bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya Gʻarbning qoʻshimcha cheklovlari, jumladan, baʼzi amerikalik siyosatchilar eʼlon qilgan yangi “jahannam” sanktsiyalaridan qoʻrqmasligini bildirgan.
Gʻarb sanktsiyalari

Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish boʻyicha maxsus operatsiyani eʼlon qilganidan soʻng AQSH boshchiligidagi Gʻarb davlatlari Moskvaga nisbatan sanktsiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklovchi choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Koʻplab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi.

Kreml ushbu bu choralarni misli koʻrilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.

Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, doʻstona boʻlmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish eʼlon qilindi.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0