Mirziyoyev va Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tadjikistana Emomali Raxmon proveli vstrechu v uzkom formate
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tadjikistana Emomali Raxmon proveli vstrechu v uzkom formate - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2022
Obuna bo‘lish
Ikki davlat yetakchilari ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston strategik sherikligini yanada rivojlantirish yo‘lidan qat’iy borishlarini tasdiqladilar.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazdilar.
“Davlat rahbarlari birodar xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalariga asoslangan o‘zaro manfaatli O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar”, - deyigan O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabarida.
Ta’kidlanishicha, muzokaralarda asosiy e’tibor ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikning kun tartibini tubdan kengaytirish masalalariga qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston strategik sherikligini yanada rivojlantirish yo‘lidan qat’iy borishlarini tasdiqladilar.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tadjikistana Emomali Raxmon proveli vstrechu v uzkom formate
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tadjikistana Emomali Raxmon proveli vstrechu v uzkom formate - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2022
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tadjikistana Emomali Raxmon proveli vstrechu v uzkom formate
Davlat rahbarlari savdoni faol kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, ikki mamlakatning logistika va tranzit imkoniyatlarini rivojlantirish hamda suv energetikasi loyihalarini amalga oshirish orqali munosabatlarni yangi amaliy mazmun bilan boyitishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tomonlarning intilishi qat’iy ekani ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgani xabar qilingan edi. Tashrif ikki kun davom etadi. Rejalashtirilgan sammit yakunida ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolanishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0