Iqtisod

“Oʻzbekiston-Tojikiston” chegaraoldi savdo-sanoat zonasi tashkil etiladi

© MIVTV Tashkente proshel biznes-forum Uzbekistan-Tadjikistan
V Tashkente proshel biznes-forum Uzbekistan-Tadjikistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Savdo-sanoat zonasida ishlab chiqarish obʼyektlari, logistika markazlari va zarur infratuzilma joylashadi.
TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida 1062,6 mln dollarlik 75 ta savdo-iqtisodiy hujjat imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.
Tojikiston prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi arafasida Oʻzbekiston-Tojikiston biznes-forumi boʻlib oʻtdi. Unda ikki mamlakat rasmiy va ishbilarmon doiralarining 200 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
© MIVTV Tashkente proshel biznes-forum Uzbekistan-Tadjikistan
V Tashkente proshel biznes-forum Uzbekistan-Tadjikistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2022
V Tashkente proshel biznes-forum Uzbekistan-Tadjikistan
Forumni Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Tojikiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Davlatali Said ochib berdi.
Forumda tez orada “Oybek” va “Fotexobod” nazorat punktlarining yonida “Oʻzbekiston – Tojikiston” chegaraoldi savdo-sanoat zonasini tashkil qilish rejalashtirilayotgani maʼlum qilindi.
“Savdo-sanoat zonasi tashkil etishdan maqsad - oʻzaro savdo-sotiqni hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishni ragʻbatlantirishdir. Unda ishlab chiqarish obʼyektlari, logistika markazlari va zarur infratuzilma joylashgan boʻladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, ikki respublika orasida yengil sanoat, qishloq xoʻjalik mahsulotlari va qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika, elektrotexnika, togʻ - kon sanoati va energetika sohalarda sanoat kooperatsiyasini yanada chuqurlashtirish borasidagi ishlarni faollashtirish niyatlari maʼlum qilindi.
Tadbir doirasida “B2G” va “B2B” formatidagi ishtirokchilarning maqsadli uchrashuvlari oʻtkazildi.
Yangiliklar lentasi
0