O‘zini o‘zi band qilganlar soni 1,7 milliondan oshdi

© Unsplash / Tyler Franta Rabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2022
Obuna bo‘lish
Fuqarolar 70 ga yaqin faoliyat turi bilan o‘zini o‘zi band qilishi mumkin.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. 1-iyun holatiga O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 1 720 423 nafarga yetdi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, ularning 565 843 nafari shu yilda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomiga ega bo‘lgan. Yil boshidan buyon ularning 159,4 ming nafari jami 40,7 mlrd so‘m ijtimoiy soliq to‘lagan.
Soliq kodeksi 408-modda 2-qism ko‘ra, fuqarolar mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida ijtimoiy soliq to‘laydilar.
Bugungi kunda fuqarolar 70 ga yaqin faoliyat turi bilan o‘zini o‘zi band qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar bepul ro‘yxatdan o‘tadi va ish beruvchiga ega bo‘lmaydi. Ular yuridik shaxslardan pul o‘tkazmalarini qabul qilish uchun bankda hisobraqam ochishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0