Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainalik jangarilar ustidan tribunal sudi qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishUkrainskiye voyennoplennыe v ispravitelnom uchrejdenii DNR
Ukrainskiye voyennoplennыe v ispravitelnom uchrejdenii DNR - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ukrainalik jangarilar ustidan oraliq tribunal Mariupolda boʻlib oʻtadi. Unga Yevropa davlatlari vakillari ham chaqirilishi mumkin.
TOSHKENT, 2 iyun – Sputnik. Ukrainalik jangarilar ustidan dastlabki tribunal sudi Mariupolda oʻtkazilishi mumkin, deb maʼlum qildi “RIA Novosti”ga Donetsk Xalq Respublikasi Xalq kengashi jinoiy va maʼmuriy qonunchilik qoʻmitasi raisi Yelena Shishkina.
"Biz Belgorod viloyatining oʻqqa tutilishini koʻrmoqdamiz. Shuning uchun biz Rossiya Federatsiyasi hududida tribunalning bir qismini oʻtkazishni istisno qilmaymiz. Mariupol shahrida oraliq, xususan, Mariupol tribunali boʻlib oʻtadi. ”, dedi deputat.
Shishkina tribunal yoz oxirigacha boʻlishi mumkinligini aytdi. Hozirda DXR Bosh prokuraturasi va Rossiya boʻlimlari oʻz nizomini ishlab chiqmoqda, dalillar bazasi Inson huquqlari boʻyicha vakilning mintaqaviy boshqarmasi tomonidan toʻplanmoqda.
Respublika parlamenti vakili aytishiga koʻra, tribunal suddagi jarayon milliy qonunchilikka bogʻlanmaydi. Tribunalga Yevropa davlatlarining vakillari ham chaqirilishi mumkin, ammo qaysi biri hozircha aniqlanmagan.
Maʼlumot uchun, tribunal sudi - favqulodda yoki harbiy harakatlar vaziyatida oʻtkaziladigan sudlar boʻlib ular milliy qonunchilikka asoslanmagan holda, harbiy vaqt qonunlari asosida oʻtkaziladi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiyada jangarilari jinoiy javobgarlikka tortilgan Azov polkining millatchilari Rossiya harbiylari Mariupoldagi Azovstal zavodi hududini oʻz nazoratiga olganidan keyin taslim boʻlishdi.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada harbiy operatsiya boshlagan. Prezident Vladimir Putin uning maqsadini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan zoʻravonlik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan. Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Ukraina Qurolli kuchlarining jangovar salohiyati allaqachon sezilarli darajada qisqartirilgan.
Yangiliklar lentasi
0