Jamiyat

Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilmoqda?

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishOsen
Osen - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yakshanba kuni harorat 33-35 darajagacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarida 36-37 darajagacha koʻtariladi.
TOSHKENT, 2 iyun - Sputnik. Bugun, 3 iyun kuni Oʻzbekiston hududi respublikaning shimoli-sharqiy hududlari ustida shakllangan yuqori tsiklon taʼsiri ostida boʻladi, deya xabar berdi Gidrometeorologiya markazi.
Bugun, aksariyat viloyatlarda quruq va shamolli ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Baʼzi joylarda shamol tezligi kuchayish vaqtida 18-23 m/s ga yetishi va chang-toʻzonlari bilan kuzatilishi mumkin.
Kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida, Fargʻona vodiysi viloyatlarida, respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin. Havo harorati kunduzi 25-30 darajadan oshmaydi.
Ertaga, 4 iyun kuni ob-havoning beqarorligi faqat respublikaning sharqiy hududlarida saqlanib turadi. Togʻoldi va togʻli hududlarda, kechasi va ertalab Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Respublikaning qolgan hududlarida quruq va kam bulutli ob-havo boʻladi. Markaziy va janubi-sharqiy viloyatlarning ayrim hududlarida baʼzi joylarda chang-toʻzonlari bilan shamolning kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 27-32 daraja atrofida boʻladi.
Yakshanba kuni respublikaning barcha hududlari boʻyicha deyarli quruq va kam bulutli ob-havo boʻladi. Faqat ayrim togʻ oldi va togʻli hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Kunduzi harorat 33-35 darajagacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarida 36-37 darajagacha koʻtariladi.
3-4 iyunda togʻoldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0