Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Ertalabki eng zararli uch odat

© Sputnik / Artur Lebedev / Fotobankka oʻtishZabeg po chaynыm plantatsiyam v Sochi
Zabeg po chaynыm plantatsiyam v Sochi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tongni qahva yoki sok ichish, faol jismoniy mashqlar bilan boshlash organizm uchun zararli boʻlishi mumkin.
Koʻpchilik tongni qahva, turli sharbatlar isteʼmol qilish yoki faol jismoniy mashqlardan boshlaydi. Ammo uygʻongandan darhol bu ishlarni bajarish salomatlik uchun zararli boʻlishi mumkin.
Shifokor va boshlovchi Miriam Stoppard ertalabki zararli odatlar haqida soʻzlab berdi.
Mutaxassis tongda uygʻongandan darhol jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishning zararlari haqida ogohlantirdi.
Uning soʻzlariga koʻra, tongda, organizm toʻliq uygʻonmagan mahal suvsizlangan boʻladi va bundan tana notoʻgʻri choʻzilishi mumkin.
“Ertalabki mashqlar vaqtida ehtiyotsiz harakatlar hatto umurtqalar siljishiga olib kelishi mumkin”, - deydi mutaxassis The Mirror nashriga.
Shifokor shuningdek, tongda ichish zararli boʻlgan ichimliklar haqida ham ogohlantirdi.
Masalan, erta tongdan ichilgan tsitrusli sharbatlar organizmga juda yomon taʼsir qiladi. Chunki bunday sharbatlar qonda shakar miqdorini keskin oshiradi va hazm qilish jarayonini qiyinlashtiradi.
Buning sababi shundaki, uyqudan soʻng insulin ajralib chiqishi odatdagidek jarayonda kechmaydi.
Qahva ham tsitrusli sharbat kabi taʼsir qiladi. Qahvani och qoringa isteʼmol qilish mumkin emas, chunki u ham qonda shakar miqdorini oshiradi.
“Bu ichimliklarni isteʼmol qilishdan oldin yaxshilab nonushta qilish kerak”, - deydi shifokor.
Yangiliklar lentasi
0