Kolumnistlar

Ukrainani vayron qilishning britancha azoblari

© AP Photo / AP Photo / The News Tribune, Peter HaleyAmerikanskaya vыsokomobilnaya raketno-artilleriyskaya sistema operativno-takticheskogo naznacheniya HIMARS
Amerikanskaya vыsokomobilnaya raketno-artilleriyskaya sistema operativno-takticheskogo naznacheniya HIMARS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya maxsus operatsiyaning 3 oyi ichida Ukrainada 460 ta zenit-raketa tizimlarini yoʻq qildi. Toʻrt-beshta HIMARS batareyasi taxminan bir kunga yetadi.
Uncha katta va zamonaviy boʻlmagan gʻarbiy qurollar Kiyev rejimiga barcha azoblarga “chidab turishi” uchun emas, balki jangovar harakatlarni iloji boricha choʻzish, ukrain qoʻshinlarining butunlay mutlaq yoʻq qilinishi hisobiga Rossiyani zaiflashtirish maqsadida yetkazilmoqda.
Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles 1 iyun kuni Ukrainaga Amerikada ishlab chiqarilgan M270 MLRS (Multiple Launch Rocket System)- 80 km uzoqlikdan zarba berishga qodir boʻlgan, GPS-yoʻl koʻrsatkichli zalp olovli reaktiv tizimlar yetkazishini maʼlum qildi.
Uollesning aytishicha, M270 batareyalari “Ukraina kuchlarining imkoniyatlarini sezilarli darajada koʻpaytiradi”. Toʻgʻri, bu reeksport uchun AQShning ruxsati kerak (albatta, ruxsat berishadi ham), murakkab texnikani boshqarishni oʻrgatish uchun esa mutaxassislarni Buyuk Britaniyada tayyorlashga toʻgʻri keladi. Texnikalardan Ukrainada (u yerda Rossiya artilleriyalari hukmronlik qilyapti) samarali foydalanish uchun esa Britaniya texnikalarining miqdori yetmaydi- atigi 44 dona.
Bir kun oldin Oq uy ham Kiyev rejimiga 80 kmgacha uzoqliqda boʻlgan HIMARS yoppasiga oʻt ochuvchi reaktiv tizimlari yetkazilishini maʼlum qildi. Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov esa Amerika prezidenti Jozef Baydenga qizgʻin minnatdorchilik bildirdi. Garchi UKQ atigi 4 dona tizimlarini olsada, bu 400 kilometrlik “sharqiy frontda” kuchlar muvozanatini hech qanday oʻzgartirmasa-da.
M270 MLRS tizimi yoʻq qilish maydoni boʻyicha hatto ittifoq davrida ishlab chiqarilgan “Uragan” RSZOlaridan ham past. 120 kmgacha masofaga ega boʻlgan “Smerch” RSZOning ulkan jangovar kuchi amerikancha muqobillar bilan mutlaqo taqqoslab boʻlmaydi. Rossiyaning “Tornado-S” tizimi haqida gapirmasa ham boʻladi, u bir necha tonna portlovchi moddalarni nishonga toʻliq yetkazib beradi va 67 gektardan ortiq maydonni “qoplaydi”.
Uch oy maxsus operatsiya davomida rus qoʻshinlari 460 ta Ukraina zenit-raketa tizimlarini yoʻq qildi. Har kuni UQK oʻrtacha 4-5 ta raketa yoʻqotadi va Amerikada ishlab chiqarilgan HIMARS batareyasi quvvati esa taxminan bir kunga yetadi. Ehtimol, britaniyaliklar bir haftalik jangdayoq tinchib qoladi. Qanday boʻlmasin, “AQSH qurollarining strategik surʼati” haqidagi mish-mishlar juda boʻrttirilgan.
Bunga parallel ravishda, Germaniya Ukrainadagi Amerika va Britaniya RSZOlarini Rossiya zarbalaridan himoya qilish niyatida 40 km gacha boʻlgan IRIS-T zenit-raketa tizimlarini yetkazib bermoqda. Biroq, UQK “Buk” zenit-raketa komplekslarining nemischa muqobilini tezda qoʻlga kiritmaydi. (loyiha uch-toʻrt yilga moʻljallangan) va ularning miqdori hatto Ukraina havoga qarshi mudofaa yoʻqotishlarining 30 foizini ham qoplamaydi.

Kollektiv Gʻarb Kiyev rejimini “oxirgi ukrain askari” qolguniga qadar urush qilishga majburlamoqda. Maqsad - odamlarning ommaviy qirgʻinidan daromad qilish va oʻz qurollar arsenallarini yangisiga almashtirib olish.

Logistika azoblari

AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS raketa tizimlarining turli modifikatsiyalari 14 ta mamlakat qurolli kuchlari safida bor. Amerikaning (ramziy) yetkazib berishidan koʻzlangan maqsad ittifoqchilarni oʻz reaktiv tizimlarini Kiyev rejimiga yuborishga undash edi. Birovning qoʻli bilan urush qilish- “gegemon”ning oʻziga xos xususiyati axir.
Keyinchalik amerikaliklar bu qoʻllarga (uzoqligi 300 kmgacha)MGM-140 ATACMS operativ-taktik raketalar yetkazib berishi ham mumkin. Ular M270 va M142 HIMARS raketalariga mos tushadi. Albatta bundan koʻzlangan maqsad Ukrainada sodir boʻlayotgan voqealarga uchun maʼsuliyatdan voz kechish.
Ehtimol ushbu qurollarga umid qilish ortidan Ukraina prezidenti maʼmuriyati rus qoʻshinlarining hujumkor operatsiyasini toʻxtatishga va “sharqiy frontda” vaziyat iyul oyida barqarorlashiga umid qilmoqda. Goʻyoki asosiy jang qarshilik koʻrsatishning yangi ramzi boʻladigan Baxmut uchun ketadigandek.
Kiyev masxarabozlari tushunmaydi: Amerika “lend-liz”i aslida strategik jihatdan hech narsani hal qilmaydigan “koʻltiqtayoq” xolos. Masalan, SSSR uchun “lend-liz” Qizil armiyaning 20%gacha tarkibi boʻlgan. Biroq, samoletlarning 89%, tanklarning 84 %i ittifoqning oʻzida ishlab chiqarilgan edi.
Ukrainaning harbiy sanoat kompleksi va neftni qayta ishlash korxonalari “nol”ga tushgan, gʻarb UQK ga qurol yetkazib berishni xohlagan vaqtda toʻxtatib qoʻyishi mumkin. Rossiyaning “Iskandar”, “Kinjal” va “Kalibra”lari esa hech qachon tugamaydi.
Ukrainaga NATO qurollarining yetkazilishi Rossiyani bezovta qilmoqda, albatta sabrning ham oxiri bor. 1 iyun kuni kechqurun Ukraina gʻarbidagi Beskid temir yoʻl tunneliga raketa hujumi sodir etilgani haqidagi maʼlumotlar Kiyev rejimi rejalarining xomxayolligi, UQK logistikasining strategik beqarorligidan dalolat beradi. Beskid tunnelidan Slovakiyadan qurol-yarogʻ, xususan, Amerikaning M777 gaubitsalari va ular uchun oʻq-dorilarni yetkazib berish uchun koʻp foydalaniladi. Ushbu obʼyektga berilgan zarba birinchisi va oxirgisi emas.
Avvalroq, Odessa viloyatining Zatoka aholi punktida Rossiya qanotli raketalari bir necha marotaba temir yoʻl koʻprigini “demilitarizatsiyalagan”. Bu koʻprik orqali Ruminiyadan ukrain qoʻshinlari uchun qurol va yoqilgʻi-moylash materiallari yetkazilgan.
Hatto Dneprning chap qirgʻogʻida ham, bugungi kunda raketa hujumi nishoniga aylangan katta Sinelnikovo temir yoʻl kesishmasi hududida portlashlar qayd etilgan.
Stokgolm dunyo muammolarini oʻrganish xalqaro instituti (SIPRI) direktori Nil Melvin Kiyevga qurol yetkazishning yuqori darajada xavfli, ayniqsa, Varshava uchun xatarli boʻlishini bejizga aytib oʻtmadi. Moskva Polsha hududidagi taʼminot liniyalari va logistik markazlariga zarba berishi mumkin. Taʼkidlash joiz “Kalibr” va “Kinjal”lar gʻarbroqqa- aytaylik Londonga ham uchishi mumkin.
Rossiya barcha geosiyosiy masalalarda nuqta qoʻymoqda. Ukrainada “olov uyumi” taktikasini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Qariyb 1000 nafar harbiy va 100 ta jangovar texnika bilan Ivanovo viloyatida Strategik yadroviy kuchlar mashgʻulotlarini oʻtkazmoqda.
Bular orasida uzoqligi 11 ming kilometrga yetadigan “Yars” minalardan tozalash zirhli mashinalari ham bor. Texnika manevrli individual nishon birliklariga ega jangovar kallak bilan jihozlangan.
Ertami yoki kechmi Gʻarb baribir “ukraincha loyihasi”ni bekor qilishga, muzokaralar stoliga qaytishga va Moskvaning koʻp qutbli dunyoning teng va boʻlinmas havfsizligi haqidagi takliflarini qabul qilishga majbur boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0