Dunyoda

Xitoy, sanktsiyalarni buzmagan holda, Rossiyaga yordam berishga harakat qilmoqda - OAV

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishVizit prezidenta RF V. Putina v Respubliku Indiyu (Goa)
Vizit prezidenta RF V. Putina v Respubliku Indiyu (Goa) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
XXR yetakchisi Gʻarb sanktsiyalarini buzmagan holda Rossiyani moliyaviy qoʻllab-quvvatlash yoʻllarini topishga koʻrsatma bergan.
TOSHKENT, 2 iyun - Sputnik. Xitoy hukumati Gʻarb sanktsiyalarini buzmagan holda Rossiyaga yordam berishga harakat qilmoqda. Bu haqda “The Washington Post” Pekindagi hukumat manbalariga tayanib, xabar berdi.
Manbalar eng muhim strategik sherigiga yordam berishga intilayotgan Xitoyning pozitsiyasini “qiyin masala” deb atadi.
Ularning soʻzlariga koʻra, Xitoy rahbari Si Tszinpin oʻzining eng yaqin maslahatchilariga Gʻarb sanktsiyalarini buzmagan holda Rossiyaga qanday moliyaviy yordam koʻrsatishni oʻylab koʻrishni topshirgan.
Manbalardan birining taʼkidlashicha, kamida ikki marta Moskva Pekindan iqtisodiy yordamning yangi shakllarini taklif qilishni soʻragan. Rossiyaning Xitoyga qoʻyayotgan talablari 24 fevraldagi maxsus harbiy operatsiya oldidan olingan “savdo majburiyatlari”ni bajarilishi, shuningdek, AQSH va boshqa davlatlar tomonidan sanktsiya kiritilgan moliyaviy hamda texnologik yordamni oʻz ichiga oladi.
Nomi oshkor etilmagan Xitoy rasmiylari gazetaga Moskva Pekindan “qurol va oʻq-dorilar” soʻramagani hamda Xitoy va Rossiya oʻrtasidagi biznes aloqalari davom etishini aytdi.
“Xitoy Rossiya oldidagi majburiyatlarini bajarishga tayyor va buni tegishli shartlar bajarilganda amalga oshiradi”, dedi gazetaga Pekindagi masaladan xabardor manba.
“Xitoy Ukrainadagi vaziyat va Rossiyaga qarshi noqonuniy sanktsiyalar boʻyicha oʻz pozitsiyasini aniq bildirdi. Biz [Moskvaning] hozirgi ahvolini tushunamiz”, deya qoʻshimcha qilgan u.
Shuningdek, manba Vashingtonning Pekinga qarshi ogohlantirishlarining asl sababi Xitoy va Rossiya oʻrtasida kelishmovchilikni keltirib chiqarishga urinish ekanligiga ishonch bildirgan.
“Bu sodir boʻlmaydi. Ular [amerikaliklar] Xitoy-Rossiya munosabatlariga putur yetkaza olmaydi”, dedi u.
Avvalroq, Rossiyaning Xarbindagi bosh konsuli Vladimir Oshepkov Rossiya va Xitoy kompaniyalari birga Gʻarb sanktsiyalari tufayli yuzaga kelgan xarajatlarni qoplash choralini izlayotganini aytgan edi.
Yangiliklar lentasi
0