Siyosat

Emomali Rahmonning Oʻzbekistonga tashrifi qanday oʻtdi – video

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Tadjikistana Raxmon Emomali pribыl v Uzbekistan
Prezident Tadjikistana Raxmon Emomali pribыl v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2 iyun kuni Oʻzbekiston va Tojikiston prezidentlari tor va keng doirada uchrashuvlar oʻtkazdilar.
TOSHKENT, 4 iyun — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2 iyun kuni rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.
Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari tor va keng doirada uchrashuvlar oʻtkazdilar.
“Oʻzbekiston xalqi birodar tojik xalqi bilan tarix, madaniy-maʼnaviy meros va ajdodlarimizning ezgu anʼanalari mushtarakligiga asoslangan doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini qadrlaydi. Yorugʻ kunlarda ham, sinovli damlarda ham biz doimo yelkama-yelka turganmiz, bir-birimizni qoʻllab-quvvatlaganmiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Muzokaralarda koʻplab kelishuvlarga erishildi, ikki tomonlama munosabatlarni ittifoqchilik darajasiga koʻtarish toʻgʻrisida tarixiy qaror qabul qilindi.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tarixiy ahamiyatga ega Abadiy doʻstlikni mustahkamlash va ittifoqchilik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar.
- Aynan shu tufayli bugun chinakam tarixiy ahamiyatga ega qaror qabul qilindi. Biz Abadiy doʻstlikni mustahkamlash va ittifoqchilik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladik, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
- Oʻzbekiston prezidenti mamlakatlarimiz oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qoʻshgan shaxsiy hissasini Tojikistonda juda qadrlashadi. Joriy yil oktyabr oyida Tojikiston va Oʻzbekiston diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining oʻttiz yilligini nishonlaydilar. Ahamiyatlisi, biz uchun muhim boʻlgan aynan shu yilda munosabatlarimizni ittifoqchilik darajasiga koʻtarish boʻyicha tarixiy qaror qabul qildik, - dedi Emomali Rahmon.
Bundan tashqari, hukumatlar, vazirlik va idoralar darajasida koʻp qirrali Oʻzbekiston-Tojikiston hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 11 ta hujjat imzolandi.
Tojikiston prezidentining tashrifi doirasida Zarafshon daryosida Yavan GES qurilishini boshlash marosimi boʻlib oʻtdi. Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon ramziy tugmani bosib, qurilishga start berdilar.
Emomali Rahmon prezident Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi.
Davlat rahbarlarining samimiy muloqoti 3 iyun kuni Xorazmda davom etdi.
Tojikiston rahbari Emomali Rahmon prezident Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Urganch shahridagi "UzXCMG" korxonasiga tashrif buyurdi.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Xiva gilam kombinatida boʻldi.
Tojikiston prezidenti davlat rahbari hamrohligida Ichan qalʼadagi tarixiy obidalarni ziyorat qildi.
Yangiliklar lentasi
0