Jamiyat

"Toshkent" aeroporti yaqinidagi avtoturargohlar "Uzbekistan Airports" balansiga oʻtkaziladi

© Press-slujba prezidenta TatarstanaMejdunarodnыy aeroport Tashkenta
Mejdunarodnыy aeroport Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Toshkent" aeroporti yaqinidagi avtoturargohlar "Uzbekistan Airports" balansiga oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 4 iyun — Sputnik.Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevning 30 maydagi qarori bilan "Toshkent-2" xalqaro terminali va ichki qatnovlar uchun moʻljallangan "Toshkent-3" terminali avtoturargohlari, poytaxt aeroporti hududiga tutash joylardagi avtoturargohlar "Uzbekistan Airports" balansiga oʻtkaziladi.
"Uzbekistan Airports" xabariga koʻra, mazkur hududlarni kompaniya ixtiyoriga oʻtkazish davlat rahbarining 2021 yil 30 apreldagi "Fuqarolik aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida koʻzda tutilgan.
"Ushbu hududlarning oʻtkazilishi avtoturargohlarni avtomatlashtirish, aerovokzal oldidagi hududlarni qaytadan qulay loyihalashtirish, yoʻlovchilarni kutib oluvchilar va kuzatuvchilar uchun koʻproq qulayliklar yaratish hamda oʻz yechimini kutayotgan taksi xizmati bilan bogʻliq muammolarni hal qilish imkonini beradi.
Avtoturargohlarda toʻxtash joyi uchun toʻlovni inson omilisiz amalga oshirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, kompaniya avtoturargohlarning joylashuvi va ulardan foydalanish davomiyligini (soat, sutka) hisobga olgan holda moslashuvchan tarif tizimini ishlab chiqmoqda", — dedi "Uzbekistan Airports" boshqaruvi raisi Raʼno Joʻrayeva.
Bildirilishicha, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan avtoturargohlarni baholash va aktsiyadorlik jamiyatining davlat ulushini oshirish boʻyicha tegishli buyruq qabul qilinadi.
Shundan soʻng, tegishli tartibda yagona aktsiyador — Moliya vazirligi tomonidan davlat kompaniyasining ulushini oshirish va avtoturargohlar qiymatini ustav kapitaliga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Barcha ishlar yakuni boʻyicha kadastr hujjatlarini Kadastr agentligi tomonidan "Munitsipal mulklarni boshqarish markazi" DUKdan "Uzbekistan Airports" nomiga qayta rasmiylashtirish amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0