Dunyoda

Qozogʻistonda Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritishga oid referendum boʻlib oʻtmoqda

© Sputnik / Kamshat AbdirayыmAlmatintsы golosuyut na referendume po popravkam v Konstitutsiyu
Almatintsы golosuyut na referendume po popravkam v Konstitutsiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qozogʻistonliklar Konstitutsiyaning 33 ta moddasiga kiritilayotgan 56 ta oʻzgartirish boʻyicha ovoz berishadi.
TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik. Qozogʻistonda Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritishga oid referendum boʻlib oʻtmoqda.
Mamlakat boʻylab referendum boʻyicha 10 013 ta saylov uchastkasi ish boshladi. Unda qatnashish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar 11,7 million nafarni tashkil etadi. Bundan tashqari, Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi 2 xorijiy davlatdagi elchixonalar huzurida referendum oʻtkazish boʻyicha 65 ta uchastka komissiyalarini tashkil etgan.
Qozogʻistonliklar Konstitutsiyaning 33 ta moddasiga kiritilayotgan 56 ta oʻzgartirish boʻyicha ovoz berishadi.
Quyidagi oʻzgartirishlarni kiritish ham taklif qilingan:
oʻlim jazosini taqiqlash (oʻtgan yil dekabrida oʻlim jazosi bekor qilingandi; hozir konstitutsiyada oʻlim jazosi favqulodda jazo sifatida belgilanadigan jinoyatlarga izoh berilgan);
yer, uning qaʼri, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy manbalar xalqqa tegishli deb belgilash va davlat tomonidan mulkchilik huquqining xalq nomidan amalga oshirilishi;
Qozogʻiston prezidenti lavozimiga ikki muddatdan ortiq saylanishga taqiq mamlakat birinchi prezidentiga nisbatan amal qilmasligi haqidagi bandni olib tashlash;
prezidentning yaqin qarindoshlariga siyosiy davlat xizmatchilari va kvazi-davlat sektori (davlat ishtirokida yaratilgan tuzilma) subʼyektlarining rahbarlari lavozimlarini egallashni taqiqlash;
respublika faoliyatining uning birinchi prezidenti tomonidan belgilangan eng muhim tamoyillari va uning maqomi oʻzgarmasligi haqidagi qoidani olib tashlash;
konstitutsiyaviy sud tomonidan fuqarolarning murojaatlari boʻyicha bevosita ularning huquq va erkinliklariga aloqador normativ huquqiy hujjatlarning konstitutsiyaga muvofiqligini koʻrib chiqish haqidagi meʼyorning belgilanishi.
Avvalroq Qozogʻistonda 5 iyun kuni Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha referendum boʻlib oʻtishi maʼlum boʻlgan edi.
Yangiliklar lentasi
0