Jamiyat

Xorijiy OTMda kontraktda oʻqiyotgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya beriladi

© Sputnik / Zafar XalilovSum
Sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Talabgorlar oʻquv yilining 15 dekabrigacha prezident taʼlim muassasalar agentligi ariza bilan murojaat qilishi kerak.
TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik. Oʻzbekistondagi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya beriladi. 2 iyun kuni Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
Tasdiqlangan nizomga koʻra, Prezident maktablari bitiruvchilariga toʻlov-kontrakt summasining BHMning 100 baravarigacha qismi qoplab beriladi.
Talabgorlar oʻquv yilining 15 dekabrigacha prezident taʼlim muassasalar agentligiga ariza bilan murojaat qiladi (oʻqishga qabul qilinganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va toʻlov-kontrakt shartnomasi ilova qilinadi).
Subsidiya olgan talabalar Universitetni tamomlagach agentlik yoʻllanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi boʻyicha respublikadagi tashkilotlarda 5 yilgacha ishlab berish majburiyatini oladi.
Magistratura yoki doktoranturada oʻqish davom ettirilgan taqdirda, ushbu muddat magistratura yoki doktoranturada oʻqish davri tugagandan soʻng boshlanadi.
Bundan tashqari, qaror bilan "Yangi Oʻzbekiston" universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ham tasdiqlandi.
Unga koʻra, davlat granti "Yangi Oʻzbekiston" universitetining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida tahsil oladigan talabgorlar uchun ajratiladi.
Davlat granti quyidagilarga taqdim etiladi:
xalqaro darajadagi tegishli dasturlar (International Baccalaureate, Advanced Placement, International Advanced Levels) diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilariga;
prezident taʼlim muassasalar agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ajratiladigan qabul parametrlariga muvofiq kirish imtihonlari asosida ushbu maktablar bitiruvchilariga;
Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) gʻoliblariga;
Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball toʻplagan Oʻzbekiston fuqarolariga;
Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalar farzandlariga.
Davlat grantini olgan talabalar Universitetni tamomlagach Prezident taʼlim muassasalari agentligi yoʻllanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi boʻyicha respublikadagi tashkilotlarda 5 yilgacha ishlab berish majburiyatini oladi.
Yangiliklar lentasi
0