Milliy antidoping agentligiga yangi rahbar tayinlandi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2022
Obuna bo‘lish
Abdushukur Sodiqov Milliy antidoping agentligi bosh direktori bo‘ldi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Abdushukur Sodiqov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
© Foto: NOK UzbekistanaAbdushukur Sadikov
Abdushukur Sadikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2022
Abdushukur Sadikov
Sodiqov 2018-yildan beri MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Shu vaqtga qadar agentlik bosh direktori bo‘lgan Nodirjon Tursunov o‘z vazifasidan ozod etilgan.
Milliy antidoping agentligi sportda doping qo‘llanilishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish, Butunjahon antidoping kodeksiga asoslangan milliy antidoping qoidalarini joriy qilish, shuningdek ularga rioya etilishini ta’minlashni amalga oshiradi
Yangiliklar lentasi
0