Dunyoda

OAV: Putin YEIning eng nozik joyini topdi

© Sputnik / Mixail MettselPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Taʼkidlanishicha, Rossiyaga qarshi iqtisodiy urush YEI mamlakatlari orasiga nifoq solgan.
TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa ittifoqining eng nozik joyiga – energergetikasiga zarba berdi, chunki yoqilgʻi narxining oʻsishi yuqori inflyatsiya va iqtisodiy inqirozni keltirib chiqardi. Bu haqda “Bloomberg” nashri yozmoqda.
Maqolada yozilishicha, YEIning Rossiyaga qarshi eng qattiq cheklovlariga qaramasdan, jumladan, neft importini qisman taqiqlash, unga yon berishlar oshib bormoqda. Misol tariqasida quvurlar orqali neft importi yuzasidan oʻzaro murosa va patriarx Kirillni sanktsiyalar roʻyxatidan chiqarib tashlash keltirilgan.
Taʼkidlanishicha, Rossiyaga qarshi iqtisodiy urush YEI mamlakatlari orasiga nifoq solgan, chunki davlatlar “sanktsiyalardan charchashgan”.
Sanktsiyalar Yevropaga zarar, Rossiyaga foyda keltirmoqda - OAV
Maqolada Gʻarb sanktsiyalari ularning oʻzlariga nisbatan salbiy oqibatlarni keltirib chiqargani qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0