Jamiyat

SamDU va Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti hamkorlik qiladi

© Sayt SamGuSamarkandskiy Gosudarstvennыy universitet
Samarkandskiy Gosudarstvennыy universitet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Universitetlar oʻrtasida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi hamda professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi.
TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Samarqand davlat universiteti (SamDU) va Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti oʻrtasida memorandum imzolandi. Bu haqda Universitet axborot xizmati xabar qildi.
Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti rektori Igor Maksimtsev boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik oʻrnatish, iqtisodiyot va biznes, raqamli texnologiyalar kabi yoʻnalishlarda ilmiy aloqalarni yanada yaxshilash masalalari boʻyicha muzokaralar olib borildi.
“Imzolangan memorandumda birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish va hamkorlik istiqbollari koʻzda tutilgan”, - deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Sankt-Peterburg davlat universiteti Rossiyada tashkil etilgan birinchi universitet hisoblanadi. Bugungi kunda taʼlim dargohi 500 dan ortiq davlatlar, jumladan Oʻzbekistondagi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Fargʻona davlat universiteti va Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0