Sharof Rashidov va Islom Karimov bilan birga ishlagan Georgiy Kraynov vafot etdi

© Nauchno-prosvetitelskiy kompleks Islama Karimova4 iyunya 2022 goda skonchalsya izvestniy Gosudarstvenniy deyatel, soratnik Pervogo Prezidenta Respubliki Uzbekistan Islama Karimova Kraynov Georgiy Alekseyevich
4 iyunya 2022 goda skonchalsya izvestniy Gosudarstvenniy deyatel, soratnik Pervogo Prezidenta Respubliki Uzbekistan Islama Karimova  Kraynov Georgiy Alekseyevich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2022
Obuna bo‘lish
Georgiy Alekseyevich umrining so‘nggi kunigacha Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritdi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning safdoshi, davlat arbobi Georgiy Alekseyevich Kraynov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Islom Karimovning ilmiy-ma’rifiy majmuasi ma’lum qildi.
Georgiy Alekseyevich 1933-yil 21-noyabrda Andijon shahrida tug‘ilgan.
Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagach,“Andijanskaya pravda” gazetasida korrektor, muharrir, mas’ul kotib, Bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
1976 yilda Kraynov O‘zbekiston kompartiyasi MQ targ‘ibot-tashviqot bo‘limining gazeta va jurnallar sektori mudiri lavozimida ishlagan.
1977 yilda esa O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Marakaziy Qo‘mitasining Bosh kotibi o‘rinbosari etib tayinlangan. Kraynov uzoq yillar Sharof Rashidov bilan ishlagan.
O‘zbekiston Mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab Georgiy Alekseyevich yuqori lavozimlarda: prezident yordamchisi, prezident qabulxonasining bosh konsultanti sifatida faoliyat yuritgan.
Oxirgi yillarda Prezident apparatining Ishlar boshqarmasi umumiy bo‘limiga qarashli protokol sektori mudiri lavozimida ham mehnat qildi.
Georgiy Alekseyevich 2018-yildan umrining so‘nggi kunigacha Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritdi.
Mehnat faoliyati davomida u “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni, “Do‘stlik” ordeni, “Mehnat shuhrati” ordeni, “Sodiq xizmatlari uchun” mukofotlariga sazovor bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0