Ukraina “yashirin savdo” buyumiga aylandi

© AP Photo / Efrem LukatskyUkrainskiy flag i monument Rodina-Mat v Kiyeve
Ukrainskiy flag i monument Rodina-Mat v Kiyeve  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2022
Obuna bo‘lish
Nahotki, ular Rossiyada “Lui Vitton”, Lego va burgerlar sotishni to‘xtatsa, ruslar yig‘lab ko‘chalarga chiqadi va inqilob uyushtiradi, deb ishongan bo‘lsa?
Ukrainadagi maxsus operatsiya qancha uzoq davom etsa, yevropalik "sheriklar" uchun saflarini mustahkam tutib turish shunchalik qiyinlashmoqda. Aftidan, "iqtisodiy bliskrig"ga asoslangan dastlabki reja amalga oshmaganidan so‘ng, ular nima qilishini bilmay qolganga o‘xshaydi. Nahotki, ular “Lui Vitton”, Lego va burgerlar sotishni to‘xtatsa, ruslar yig‘lab ko‘chalarga chiqadi va inqilob uyushtiradi, deb ishongan bo‘lsa?
Bu fikr qanchalik axmoqona tuyulmasin, (Minonlar haqidagi multfilmga o‘xshaydi), G‘arb elitasining bugungi rivojlanish darajasi ham xuddi shunaqa. Ko‘rganimizdek, ularning yengil va tez g‘alabasi amalga oshmadi va bir zumda saflar to‘lqinlana boshladi.
Ajablanarlisi, buni AQSh prezidenti Bayden boshlab berdi. O‘tgan hafta u New York Times sahifalarida “Amerika Ukrainada nima qilmoqchi va nima qilmoqchi emas” sarlavhali maqola e’lon qildi. Maqolada prezident Ukrainaga tonnalab qurol yetkazib berayotganining sababini aytib o‘tgan. Sizningcha u ruslar va ukrainlar, shuningdek tinch aholi vakillarining qoni to‘kilayotganidan mazza qilish uchun mojaroni kuchaytirish maqsadidami?
Qo‘ysangizchi. Zalp olovli reaktiv tizimlar, vertoletlar va og‘ir uchuvchi apparatlar, stingerlaru, javelinlar- bularning barchasi janob Baydenning so‘zlariga ko‘ra, "faqat tinchlik maqsadida yetkazib berilayapti". Faqatgina “Ukrainaga Rossiya bilan bo‘ladigan muzokaralar stolida g‘alabaga yaqin pozitsiyani ta’minlash uchun”.
Qizig‘i, mart oyida "Putin ketishi kerak” deb gapirgan o‘sha Bayden, bugun ovozini sezilarli darajada pastlabdi. “Nima bo‘lishidan qat’iy nazar men janob Putinga qo‘shilmayman va uning harakatlarini chidab bo‘lmas deb hisoblayman- deydi u o‘z maqolachasida,- Qo‘shma Shtatlar uni ag‘darish yo‘llarini qidiradi”, degan joyi ham bor.
"Naqadar Ajoyib". Bu gapni Tramp prezident bo‘lganda "ruslar amerikaliklarning saylovlarida aralashgan" degan yolg‘on xabarlarni tarqatgan odamlarning o‘zi aytayapti. Umuman prezidentning o‘zi bu gaplar qanday eshitilishini his qiladimi yo‘qmi?
Baydenizm so‘zlarini tushuntirib berish bo‘yicha malaka oshirgan donishmand amerikalik siyosatshunoslarning keng ommaga tushuntirishicha, AQSh prezidenti bu so‘zlari bilan Ukraina bo‘yicha “yashirin savdoga” tayyor ekanligini bildirib Moskvaga signal yuborgan.
Baydenga ergashib Fransiya prezidenti ham Moskva tomonlarga ezgulik nurlarini taratishga oshiqdi. “Harbiy harakatlar tugagandan keyin biz muzokara stoliga o‘tirib, diplomatiya yo‘li bilan yechim topishimiz uchun ham Moskvani haqorat qilish kerak emas”,- deydi Emmanuel Makron Kreml bilan bo‘lgan qo‘ng‘iroqlarining birida.
Mana sizga yana bir yangiyangilik. AQSh davlat departamenti va Pentagon siyosiy konsultanti Edvard Lyutvakkning aytishicha, ukrain inqirozidan chiqishning yagona yo‘li bu Donesk va Lugansk respublikalaridagi referendum bo‘lishi mumkin. “Rossiyani mag‘lub etish- fantastikaga o‘xshaydi”, - deydi ekspert va rossiyaliklarning sanksilarni umuman his qilmaganini ta’kidlab o‘tadi.
Mashhur tarixchi va iqtisodchi eng oddiy narsani ilg‘ay olgan: “Rossiya oziq-ovqatni o‘zi ishlab chiqaradi va energiya uchun o‘z manbalariga ega”. Shuning uchun ham sanksiyalar ish bermadi, kechirasiz endi.
Hayratlanarlisi, Lyutvakk ushbu isonkor fikrlarini o‘zining qayoqdagi bir blogida emas, balki Germaniyaning yarim rasmiy bo‘lmish Die Welt gazetasiga bergan intervyusida aytgan. Gazeta ham buni chop etgan. Biroq, bu muzakaralarga chorlovlar va yarashishga sha’malar qayerdan paydo bo‘ldi? Nima uchun g‘arblik sheriklar to‘satdan ohanggini o‘zgartirib Moskvaga rasmiy ravishda tilog‘lamalik qilishni boshlashapti?
Ko‘p tomondan bu Ukraina armiyasining achinarli ahvoli bilan bog‘liq. “Hozirgi kunda bosqinchilar hududimizning 20% dan ortig‘ini nazorat qilyapti”,- deb hozirgina Lyuksemburg (ha, mana shu mitti mamlakatcha ham Ukrainaga qurol yetkazib berishga ulgurdi) siyosatchilari oldidagi videochiqishda shikoyat qilib o‘tdi Vladimir Zelenskiy. Umuman, vaziyat ukrain qo‘shinlari uchun achinarli. Va g‘arblik xo‘jayinlar, o‘z proksi-kazaklariga nafas rostlab olishiga yordam berish maqsadida Moskvani maxsus operatsiyani to‘xtatishga ko‘ndirishmoqchi.
Bu vaqtning o‘zida tinchlikka chorlovchi chiqishlar - bu baribir Rossiyaga qarshi axborot urushining davom etishi degani. Kollektiv g‘arb Rossiyani yakkalayman deb o‘zi izolyatsiyaga tushib qolganini angladi.
Stingerlar, javelinlar, Ukraina uchun ko‘p milliardli lend-lizlar, ongsiz tarqatilgan rusofob propaganda, global ta’minotlar zanjirini chiqindiga aylantirayotgan sanksiyalar- bugun butun dunyo ko‘z oldida g‘arb mamlakatlari rahbarlari urush oloviga yog‘ sepganlar sifatida namoyon bo‘ldi. Darhol buni nimadir qilish kerak. Va g‘arblik “sheriklarimiz” o‘zlarini tinchlik kabutari deb ko‘rsatishga urinib ko‘rishdi. Ular muzokaralar va tinchlik tarafdori, Rossiya esa oyoq tirab turib olgan emish. Biroq, hamon o‘z shartlari tinglanmaganidan keyin Rossiya yana qanday muzokaralar qilsin?
G‘arb tomondan to‘satdan chiqishlarning muloyimlashishi- siz va biz, Rossiya fuqarolariga belgi berishdir. Ya’ni, hammasi yaxshi, “kelinglar hammamiz do‘st bo‘lib yashaylik” qabilida. Kelishamiz ham. Kelinglar, bizning uch yuz millard dollar va boshqa mayda-chuydalarni o‘g‘irlaganimizni sizlar unutasizlar va bizning shartlarimiz bo‘yicha shartnoma imzolaysizlar. Biz esa sanksiyalarni bekor qilish haqida o‘ylab ko‘ramiz. "Tinchlik, do‘stlik va saqich".
Bilmadim, balki bu usul sodda, qo‘rqitilgan, ehtirosga berilgan 80-yillarning so‘nggidagi sovet xalqiga ish bergan bo‘larmidi. Ammo, hozirgi o‘ttiz yil ichida biz ko‘p narsalarni ko‘rdik va sheriklarimizning arzon-garov ajratishlarini bittadan his qilishni o‘rganganmiz.
Rossiya maxsus operatsiyasining ommaviy qo‘llab-quvvatlanishi - majburiy emas, balki chin ko‘ngildan qo‘llovi- g‘arblik rahbarlar uchun kutilmagan va og‘ir zarba bo‘ldi. Ular Rossiyada xotirasi sterillangan global avlod yetishib chiqqan va u G‘arbda chiqqan quyoshga qaraydi degan xomxayol bilan xursand bo‘lib yurishgan edi.
Aslida esa, hech narsa o‘zgarmagan - ruslar har doimgidek o‘zi bilan o‘zi ovora: jang qiladi, ishlaydi, tarixni yaratadi. O‘zlarini xuddi erkin, hur xalqdek tutadi. Global ko‘mitalarning aql o‘rgatishlarini ham tinglamaydi. Sanksiyalarning oltitalab paketlari ham, rusofob jazavalari ham yordam bermadi.
Avvaliga g‘arblik sheriklar o‘z g‘azablarini yashirib turolmadilar. Kuchsiz g‘azab qandaydir do‘q-po‘pisa, tahdid va sharmandali jazavalarda sezildi. Ammo bu ham hech kimni hayratga solmadi. Shuning uchun endi biz bilan boshqacha gaplashib ko‘rishmoqchi- iliq va samimiy. Aytish lozim bo‘lsa, insoniylik bilan.
Muloqot ohanggini o‘zgartirish haqidagi bunday g‘oyalar Vashingtonda sezila boshlagan edi. Atigi bir necha kun oldin nufuzli nashr bo‘lmish Foreign Affairs da Moskva bilan qanday to‘g‘ri muloqot qilish haqida Baydenga ko‘rsatmalar berilgan maqola e’lon qilindi. Uni amerikalik professor Maykl Kimmedj va bizning sobiq vatandoshimiz Mariya Lipman yozgan.
Mualliflarning sezishlaricha, Bayden va boshqa amerikalik gumashtalarning Rossiyaga tahdidlari va surbetliklari ruslar tomonidan juda yomon qabul qilinadi. “G‘arbning Rossiya mag‘lubiyati yoki zaiflashuvi haqidagi gaplari ruslar bilan oradagi jardlikni yanada kattalashtiradi”. Bundan tashqari, rossiyaliklar Vashingtonning qandaydir muxolifatchini qo‘llab – quvvatlayotganini ko‘rsa, ular bu muxolifatchiga ishonmay qo‘yadi va unga yomon munosabatda bo‘lishni boshlaydi.
Shuning uchun Bayden bunda odobliroq bo‘lishi, “Shtatlar esa o‘zini xuddi Rossiyaning tashqi siyosati bilan qiziqmayotgandek tutishi, bu borada har qanday izoh berishdan tiyilishi va hech qachon muxolifatchilar bilan aloqalari borligini sezdirmasligi shart”.
Umuman, Moskva bilan yaxshi niyatda ekanliklarini bildirib va mojarolarni kuchaytirmasdan “xotirjam va ehtiyotkorona”, gaplashish kerak. O‘shanda ruslar laqqa tushib Vashington talab qilayotgan har bir ishni bajarishlari mumkin. Xo‘sh, nima ham derdik, mualliflarga ofarin! Rosa harakat qilishibdi, azamatlar. Ko‘rib turganimizdek, so‘nggi kunlarda g‘arblik yetakchilar aynan bu yo‘riqnomacha bo‘yicha yo‘l tutapti.
Boshqa bir masala. Bunday tilog‘lamalik va kim yaxshi kim yomonga o‘ynash umuman ish bermaydi. Rossiyaning o‘z talablari bor - Ukrainaga ham va G‘arb mamlakatlariga ham. Va ularning barchasi talablarni bajarishlari shart. Bo‘lmasa, maxsus operatsiya barcha ko‘zlangan maqsadlarga erishilmaguncha davom etadi. Yoqadimi, yo‘qmi..., xullas, meni tushundingiz.
Yangiliklar lentasi
0