https://oz.sputniknews-uz.com/20220607/aqsh-va-ei-rossiya-neftini-qanday-sotib-olish-yolini-oylab-topdi-25106791.html
AQSH va YEI Rossiya neftini qanday sotib olish yoʻlini oʻylab topdi
AQSH va YEI Rossiya neftini qanday sotib olish yoʻlini oʻylab topdi
Vashington va Bryussel Rossiya neftidan voz kechgan, biroq uni sotib olishda davom etmoqda. 07.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-07T20:40+0500
2022-06-07T20:40+0500
2022-06-07T20:40+0500
kolumnistlar
neft
aqsh
yevropa
rossiya
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/170/06/1700612_0:0:3011:1694_1920x0_80_0_0_e92d1c4da3bb448bb347d3d4c00e9f37.jpg
Yevropaliklar allaqachondan beri “latish qorishma”sini olyapti. Endi amerikalik kompaniyalar aylanib oʻtish yoʻllarini qidirmoqda. Treyderlar “yetkazib berishni saqlash uchun” uglevodorodlarni qayerda ishlab chiqarilganini yashirishmoqda. Davlat ishlab chiqaruvchilari esa “sanktsiyalardan bir qadam oldinda”. Qanday qilib “taqiqlangan” resurslar Gʻarbga yetib boryapti - batafsil RIA Novosti materialida.Ish sxemalariAQShda aprel oyidan buyon uglevodorodlar importiga taqiq amalda. Biroq, may oyida Nyu-York va Nyu-Jersi portlariga Rossiya nefti ortilgan deya gumon qilinayotgan tankerlar yetib kelgan.The Wall Street Journal ning yozishicha, yetkazib beruvchilar va qayta ishlab chiqaruvchilar uning qayerniki ekanligini yashirishmoqda, ammo dunyo bozoriga yetkazyapti. Masalan, shunday qilib Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlariga qisman Rossiya xomashyosidan tayyorlangan yoqilgʻi vositalari yetib kelgan.Yoqilgʻi AQShga Suvaysh kanali va Atlantika orqali Hindiston neftni qayta ishlash zavodlaridan kelgan. Yuk tashuvchi hujjatlar va Refinitiv tahliliy kompaniya maʼlumotlari hamda Xelsinki energiya va toza havo tadqiqot markazi tahliliga koʻra, bu kompaniyalar- Rossiya uglevodorodlarining asosiy xaridorlari hisoblanadi.Bunday aylanma yoʻllar bilan yoqilgʻi Yevropaga ham yetib bormoqda. Masalan, aprel oyida Bloomberg Yevropa kompaniyalari qanday qilib cheklovlarni yengib oʻtishayotgani haqida xabar qilgan edi: treyderlar rus neftining tarkibi 50%dan kam boʻlgan neftni “Latviya qorishmasi” deya sotishmoqda. Ularning soʻzlariga koʻra, Shell buni sanktsiyalarning buzilishi deb hisoblamaydi.Hindiston koʻp foyda koʻrdiEndi esa “Hindiston-Rossiya” nefti ham paydo boʻldi. Aprel oyida Osiyo ilk marotaba Yevropani Rossiyadan uglevodorodlar sotib olish boʻyicha ortda qoldirdi. Ayniqsa, Hindiston juda koʻp oldi: fevral oyida qariyb 62,5 million barrel, yaʼni oʻtgan yilning aynan shu vaqtidan uch barobarga koʻp.Shunga qaramay, bahor boshlangandan buyon Hindistondan Yevropaga neft mahsulotlarini yetkazib berish 30 % ga oshgan, AQShga esa – 43%Hindiston Rossiya nefti importini ikki baravarga oshirmoqchi – OAVShunday qilib, Rossiyadan dikontli xomashyo olib (hozir bu taxminan 20 foizni tashkil etadi, bir barrel Urals 89-92 dollardan sotiladi) Hindiston qayta sotishdan yomon foyda qilmayapti.“Hindiston resurslarining asosiy xaridorlari –neftni qayta ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar (davlat ishlab chiqaruvchilar asosan yillik shartnomalarga koʻra sotib olishadi). NDTV telekanalining taʼkidlashicha, gʻarblik kompaniyalar Rossiya neftlaridan voz kechyotgan bir paytda hindistonlik neftni qayta ishlab chiqaruvchilar, masalan Reliance Industries va Nayara Energy- bu yili eng yirik importerlarga aylanishgan”.Qayta ishlab chiqaruvchilar ichki savdo–sotiqning qisqarishi va yoqilgʻi eksportining, jumladan, Yevropada agressiv tarzda oʻsish ularga katta foyda keltirayotganini yashirishmagan. “Bir barrel uchun 30 dollardan ortiq rentabellikka erishyapmiz”,- deya zavod vakilining soʻzlarini keltiradi telekanal.Ravo koʻrishimiz mumkinAslida osiyoliklar vaziyatdan foydalanib qolishdi: arzon narxlarda neft sotib olib zaxira yigʻishdi va foydali tarzda qayta sotishdi. Biroq Rossiya bu yerda ham hech nimani yoʻqotayotgani yoʻq. Neftni sotish kerak, boʻlmasa, qazib olishni kamaytirishga toʻgʻri keladi. Quduqlarni qayta ishga tushirish bilan muzlatish esa juda koʻp xarajatlarga olib keladi.Bundan tashqari, rekord kotirovkalar fonida energiya eksportidan tushumlar bir yarim barobar oʻsdi. Aprel oyida neft va gaz 1,8 trillion rubl (mart oyida 1,2). Shunday qilib yanvar-aprel oylarida federal byudjetga 2022 yil uchun rejalashtirilgan 9,5 trillion rublning yarmi allaqachon tushdi.“Narxlar hozir shu qadar balandki, biz undan chegirmalar berishimiz va “aylanma usullardan” ham foydalanishimiz mumkin. Bundan tashqari, narx faqat oʻsadi. Bularning birinchi sababi tankerlarning yetishmasligida. Endi Gʻarb qayerdan neft sotib oladi? Faqat Lotin Amerikasi, Afrika va Yaqin Sharq qoldi. Ammo u yerlardan neftni dengiz boʻylab tankerlarda yetkaziladi. Hozir kema ijarasi stavkalari 50%ga oshib, soʻnggi oʻn yil ichida rekord darajaga yetdi”,- deydi sanoat sohasi boʻyicha mustaqil ekspert Leonid Xazanov.“Rossiya izi”Biroq, baʼzi kuzatuvchilar Hindiston taʼminotining xatarda ekanligiga ham eʼtibor berishmoqda. Deli juda koʻplab neft mahsulotlarini, jumladan benzin ham eksport qiladi. Biroq Hindistonning The Economic Times nashrining taʼkidlashicha, Avstraliya, AQSH va Yevropa Rossiyadan yoqilgʻi sotib olishga taqiqlar qoʻyar ekan, boshqa mamlakatlarning rus neftidan tayyorlangan neft mahsulotlari ham sanktsiyalarga duchor boʻlishi mumkin.OAV: Putin YEIning eng nozik joyini topdiHech boʻlmaganda gʻarb mamlakatlari hindistonlik eskporterlardan xomashyoning kelib chiqishi haqida batafsil maʼlumot talab qilishi mumkin. Biroq, ekspertlar “Rossiyaning izini topish” nihoyatda qiyin deyishmoqda.“Hujjatlarni ham shunday tayyorlash mumkinki, undan hech nimani aniqlashtirish mumkin boʻlmaydi. Eng oddiy yoʻl: Rossiya ESPO sini tankerlarga quyamiz, shundoq ham Yaqin Sharq nefti boʻlgan Hindiston kemalariga olib boramiz. 70% Saudiya Arabistoni neftidan, Rossiya neftidan-30%. Va mana shu aralashmani Hindistonga joʻnatamiz. Qoʻlingizdan kelsa, tekshirib koʻring”, - deydi Xazanov.Yana boshqa bir masala: Yevropa bir kechadayoq boshqa mintaqa uglevodorodlariga oʻta olmayapti- bu uchun neftni qayta ishlash zavodini qayta qurish zarur. Bunga esa ikki yildan toʻrt yilgacha vaqt ketadi. Bu vaqt mobaynida esa shunaqangi jiddiy energiya tanqisligi yuzaga kelishi mumkinki, YEI iqtisodiyoti bundan butunlay vayron boʻladi. Shuning uchun ham yevropaliklar bu aralashmalarning nima ekanligi va qayerdan kelganiga koʻz yumishi kerak boʻladi. Bundan tashqari, Rossiyadan neft mahsulotlarini yetkazishni koʻpaytirish ehtimoli bor.Koʻprogʻini xohlab qolishdiHozirgi vaqtda esa YEI Rossiya neftiga taqiqni eʼlon qilishda davom etmoqda va yil oxirigacha importning deyarli 90%dan voz kechishni kutishmoqda. Buning fonida esa AQSH prezidenti Jo Bayden kutilmagan bayonot berdi. Uning soʻzlariga koʻra, Gʻarb Rossiya xomashyosini bozor narxidan past summada sotib olishni muhokama qilmoqda.“Sizda Yevropa Rossiya neftini xarid qilishni yanada cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qilayotgan vaqtda muammo paydo boʻldi. Nima qilish mumkinligi haqida fikr yuritilyapti, hatto neft sotib olish ham mumkin, lekin arzonlashtirilgan narxda”, - deydi u.Kremlda bunga allaqachon javob berishdi: bunga ishonib boʻlmaydi. “Gap shundaki, u yerda logistika muammolari hamon davom etmoqda. Bu esa dunyo energetika bozorining beqarorlashishisha sabab boʻladi. Biroq, albatta Rossiya oʻz zarariga hech narsa sotmaydi. Agar qayerdadir talab kamaysa, yana qayerdadir u ortadi. Oqimlarning yoʻnalishi oʻzgarib boryapti”, - deydi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.Yevropaning yana qayerdandir neft topishiga Shveytsariyaning iqtisod vaziri Gi Parmalen shubha bildirgan. Uning Blick nashriga bergan intervyusida tan olishicha, Rossiyaga qarshi sanktsiyalar Ukrainadagi maxsus operatsiyani tez toʻxtatish maqsadida qoʻllanilgan, biroq, natijalardan hamon darak yoʻq. Shu bilan birga siyosatchi yangi cheklovlar sabab yana bir energiya taʼminotida narxlar oshishini prognoz qilgan. Uning aytishicha, albatta Yevropa taʼminotlarning boshqa manbalarini qidiryapti, ammo ayni paytda hech kimning bunga tayyor yechimi yoʻq.Yevropa sanktsiyalar bilan oʻz oyogʻiga oʻzi bolta urishda davom etmoqda
yevropa
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Natalya Dembinskaya
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Natalya Dembinskaya
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/170/06/1700612_280:0:3011:2048_1920x0_80_0_0_790e152ca6d0b4f41c3b9398838c3f68.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Natalya Dembinskaya
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
neft, aqsh, yevropa, rossiya
AQSH va YEI Rossiya neftini qanday sotib olish yoʻlini oʻylab topdi
Vashington va Bryussel Rossiya neftidan voz kechgan, biroq uni sotib olishda davom etmoqda.
Yevropaliklar allaqachondan beri “latish qorishma”sini olyapti. Endi amerikalik kompaniyalar aylanib oʻtish yoʻllarini qidirmoqda. Treyderlar “yetkazib berishni saqlash uchun” uglevodorodlarni qayerda ishlab chiqarilganini yashirishmoqda. Davlat ishlab chiqaruvchilari esa “sanktsiyalardan bir qadam oldinda”. Qanday qilib “taqiqlangan” resurslar Gʻarbga yetib boryapti - batafsil RIA Novosti
materialida.Ish sxemalari
AQShda aprel oyidan buyon uglevodorodlar importiga taqiq amalda. Biroq, may oyida Nyu-York va Nyu-Jersi portlariga Rossiya nefti ortilgan deya gumon qilinayotgan tankerlar yetib kelgan.
The Wall Street Journal ning yozishicha, yetkazib beruvchilar va qayta ishlab chiqaruvchilar uning qayerniki ekanligini yashirishmoqda, ammo dunyo bozoriga yetkazyapti. Masalan, shunday qilib Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlariga qisman Rossiya xomashyosidan tayyorlangan yoqilgʻi vositalari yetib kelgan.
Yoqilgʻi AQShga Suvaysh kanali va Atlantika orqali Hindiston neftni qayta ishlash zavodlaridan kelgan. Yuk tashuvchi hujjatlar va Refinitiv tahliliy kompaniya maʼlumotlari hamda Xelsinki energiya va toza havo tadqiqot markazi tahliliga koʻra, bu kompaniyalar- Rossiya uglevodorodlarining asosiy xaridorlari hisoblanadi.
Bunday aylanma yoʻllar bilan yoqilgʻi Yevropaga ham yetib bormoqda. Masalan, aprel oyida Bloomberg Yevropa kompaniyalari qanday qilib cheklovlarni yengib oʻtishayotgani haqida xabar qilgan edi: treyderlar rus neftining tarkibi 50%dan kam boʻlgan neftni “Latviya qorishmasi” deya sotishmoqda. Ularning soʻzlariga koʻra, Shell buni sanktsiyalarning buzilishi deb hisoblamaydi.
Hindiston koʻp foyda koʻrdi
Endi esa “Hindiston-Rossiya” nefti ham paydo boʻldi. Aprel oyida Osiyo ilk marotaba Yevropani Rossiyadan uglevodorodlar sotib olish boʻyicha ortda qoldirdi. Ayniqsa, Hindiston juda koʻp oldi: fevral oyida qariyb 62,5 million barrel, yaʼni oʻtgan yilning aynan shu vaqtidan uch barobarga koʻp.
Shunga qaramay, bahor boshlangandan buyon Hindistondan Yevropaga neft mahsulotlarini yetkazib berish 30 % ga oshgan, AQShga esa – 43%
Shunday qilib, Rossiyadan dikontli xomashyo olib (hozir bu taxminan 20 foizni tashkil etadi, bir barrel Urals 89-92 dollardan sotiladi) Hindiston qayta sotishdan yomon foyda qilmayapti.
“Hindiston resurslarining asosiy xaridorlari –neftni qayta ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar (davlat ishlab chiqaruvchilar asosan yillik shartnomalarga koʻra sotib olishadi). NDTV telekanalining taʼkidlashicha, gʻarblik kompaniyalar Rossiya neftlaridan voz kechyotgan bir paytda hindistonlik neftni qayta ishlab chiqaruvchilar, masalan Reliance Industries va Nayara Energy- bu yili eng yirik importerlarga aylanishgan”.
Qayta ishlab chiqaruvchilar ichki savdo–sotiqning qisqarishi va yoqilgʻi eksportining, jumladan, Yevropada agressiv tarzda oʻsish ularga katta foyda keltirayotganini yashirishmagan. “Bir barrel uchun 30 dollardan ortiq rentabellikka erishyapmiz”,- deya zavod vakilining soʻzlarini keltiradi telekanal.
Ravo koʻrishimiz mumkin
Aslida osiyoliklar vaziyatdan foydalanib qolishdi: arzon narxlarda neft sotib olib zaxira yigʻishdi va foydali tarzda qayta sotishdi. Biroq Rossiya bu yerda ham hech nimani yoʻqotayotgani yoʻq. Neftni sotish kerak, boʻlmasa, qazib olishni kamaytirishga toʻgʻri keladi. Quduqlarni qayta ishga tushirish bilan muzlatish esa juda koʻp xarajatlarga olib keladi.
Bundan tashqari, rekord kotirovkalar fonida energiya eksportidan tushumlar bir yarim barobar oʻsdi. Aprel oyida neft va gaz 1,8 trillion rubl (mart oyida 1,2). Shunday qilib yanvar-aprel oylarida federal byudjetga 2022 yil uchun rejalashtirilgan 9,5 trillion rublning yarmi allaqachon tushdi.
“Narxlar hozir shu qadar balandki, biz undan chegirmalar berishimiz va “aylanma usullardan” ham foydalanishimiz mumkin. Bundan tashqari, narx faqat oʻsadi. Bularning birinchi sababi tankerlarning yetishmasligida. Endi Gʻarb qayerdan neft sotib oladi? Faqat Lotin Amerikasi, Afrika va Yaqin Sharq qoldi. Ammo u yerlardan neftni dengiz boʻylab tankerlarda yetkaziladi. Hozir kema ijarasi stavkalari 50%ga oshib, soʻnggi oʻn yil ichida rekord darajaga yetdi”,- deydi sanoat sohasi boʻyicha mustaqil ekspert Leonid Xazanov.
“Rossiya izi”
Biroq, baʼzi kuzatuvchilar Hindiston taʼminotining xatarda ekanligiga ham eʼtibor berishmoqda. Deli juda koʻplab neft mahsulotlarini, jumladan benzin ham eksport qiladi. Biroq Hindistonning The Economic Times nashrining taʼkidlashicha, Avstraliya, AQSH va Yevropa Rossiyadan yoqilgʻi sotib olishga taqiqlar qoʻyar ekan, boshqa mamlakatlarning rus neftidan tayyorlangan neft mahsulotlari ham sanktsiyalarga duchor boʻlishi mumkin.
Hech boʻlmaganda gʻarb mamlakatlari hindistonlik eskporterlardan xomashyoning kelib chiqishi haqida batafsil maʼlumot talab qilishi mumkin. Biroq, ekspertlar “Rossiyaning izini topish” nihoyatda qiyin deyishmoqda.
“Hujjatlarni ham shunday tayyorlash mumkinki, undan hech nimani aniqlashtirish mumkin boʻlmaydi. Eng oddiy yoʻl: Rossiya ESPO sini tankerlarga quyamiz, shundoq ham Yaqin Sharq nefti boʻlgan Hindiston kemalariga olib boramiz. 70% Saudiya Arabistoni neftidan, Rossiya neftidan-30%. Va mana shu aralashmani Hindistonga joʻnatamiz. Qoʻlingizdan kelsa, tekshirib koʻring”, - deydi Xazanov.
Yana boshqa bir masala: Yevropa bir kechadayoq boshqa mintaqa uglevodorodlariga oʻta olmayapti- bu uchun neftni qayta ishlash zavodini qayta qurish zarur. Bunga esa ikki yildan toʻrt yilgacha vaqt ketadi. Bu vaqt mobaynida esa shunaqangi jiddiy energiya tanqisligi yuzaga kelishi mumkinki, YEI iqtisodiyoti bundan butunlay vayron boʻladi. Shuning uchun ham yevropaliklar bu aralashmalarning nima ekanligi va qayerdan kelganiga koʻz yumishi kerak boʻladi. Bundan tashqari, Rossiyadan neft mahsulotlarini yetkazishni koʻpaytirish ehtimoli bor.
Koʻprogʻini xohlab qolishdi
Hozirgi vaqtda esa YEI Rossiya neftiga taqiqni eʼlon qilishda davom etmoqda va yil oxirigacha importning deyarli 90%dan voz kechishni kutishmoqda. Buning fonida esa AQSH prezidenti Jo Bayden kutilmagan bayonot berdi. Uning soʻzlariga koʻra, Gʻarb Rossiya xomashyosini bozor narxidan past summada sotib olishni muhokama qilmoqda.
“Sizda Yevropa Rossiya neftini xarid qilishni yanada cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qilayotgan vaqtda muammo paydo boʻldi. Nima qilish mumkinligi haqida fikr yuritilyapti, hatto neft sotib olish ham mumkin, lekin arzonlashtirilgan narxda”, - deydi u.
Kremlda bunga allaqachon javob berishdi: bunga ishonib boʻlmaydi. “Gap shundaki, u yerda logistika muammolari hamon davom etmoqda. Bu esa dunyo energetika bozorining beqarorlashishisha sabab boʻladi. Biroq, albatta Rossiya oʻz zarariga hech narsa sotmaydi. Agar qayerdadir talab kamaysa, yana qayerdadir u ortadi. Oqimlarning yoʻnalishi oʻzgarib boryapti”, - deydi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Yevropaning yana qayerdandir neft topishiga Shveytsariyaning iqtisod vaziri Gi Parmalen shubha bildirgan. Uning Blick nashriga bergan intervyusida tan olishicha, Rossiyaga qarshi sanktsiyalar Ukrainadagi maxsus operatsiyani tez toʻxtatish maqsadida qoʻllanilgan, biroq, natijalardan hamon darak yoʻq. Shu bilan birga siyosatchi yangi cheklovlar sabab yana bir energiya taʼminotida narxlar oshishini prognoz qilgan. Uning aytishicha, albatta Yevropa taʼminotlarning boshqa manbalarini qidiryapti, ammo ayni paytda hech kimning bunga tayyor yechimi yoʻq.