Bayden favqulodda holat e’lon qildi

© AP Photo / Patrick SemanskyPrezident Djo Bayden 31-marta 2022 goda v Vashingtone.
Prezident Djo Bayden  31-marta 2022 goda v Vashingtone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2022
Obuna bo‘lish
AQShda elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun uskunalar yetishmasligi sababli favqulodda holat e’lon qildi va quyosh panellarini import bojidan ozod qildi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati yetishmasligi sababli favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda Oq uy tomonidan e’lon qilingan hujjatda keltirilgan.
Baydenning ta’kidlashicha, AQShning zarur miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarish qobiliyatiga tahdid soluvchi “bir nechta omillar” mavjud.
“Men, kichik Jozef R. Bayden, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti, Qo‘shma Shtatlar Konstitutsiyasi va qonunlarida berilgan vakolatlar bilan, iste’molchi talabini qondirish uchun yetarlicha elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatiga tahdidlar mavjudligi sababli favqulodda holat mavjudligini e’lon qilaman”, deyiladi xabarda.
Baydenning qo‘shimcha qilishicha, AQShda elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun uskunalar yetishmasligi sababli favqulodda vaziyat yuzaga keldi.
Ushbu muammoni hal qilish uchun u, xususan, Kambodja, Malayziya, Tailand va Vyetnamdan olib kelingan “ayrim quyosh batareyalari va modullarini” ikki yil muddatga import bojlaridan ozod qildi.
U avvalroq AQShda quyosh energiyasi ishlab chiqarishni rag‘batlantirish uchun Mudofaa ishlab chiqarish to‘g‘risidagi qonunga murojaat qilgan. Vashington bu “xorijiy yetkazib beruvchilar va dushman davlatlar”ga qaramlikni kamaytirishga yordam beradi, deb hisoblamoqda.
Ma’lumot uchun, AQShda elektr energiyasi asosaan IESlarda ishlab chiqariladi. Xususan, generatsiyasining 70% - issiqlik elektr stansiyalarida (undan 56% ko‘mirda), 17% - atom elektr stansiyalarida va 10% - gidro elektrostansiyalarda ishlab chiqariladi.
Aytish joizki, elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha AQSh dunyoda ikkinchi o‘rinda (4286 TVt.s) turadi. Birinchi o‘rinda - Xitoy (7779 TVt.s).
Lekin atom elektr stansiyalar soni bo‘ychia AQSh - dunyoda birinchi o‘rinda. Ushbu mamlkatda 95ta AES bor. Ikkinchi o‘rinda Fransiya - 56, Xitoy - 49, Rossiya - 39, Yaponiya - 33, Janubiy Koreya - 23, Hindiston - 22, Kanada - 19, Ukraina - 15 ta va ho kazo.
Yangiliklar lentasi
0