Turizm

Oʻzbekistonga keluvchi sayyohlar uchun barcha koronavirus cheklovlari bekor qilindi

© Sputnik / Mariya NaumenkoIchan-Kala vecherom. Xiva, Uzbekistan
Ichan-Kala vecherom. Xiva, Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Endilikda xorijlik sayyohlardan PTSR test, emlanganlik sertifikati yoki pasport talab etilmaydi.
TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. 10 iyundan boshlab Oʻzbekistonga keluvchi sayyohlar uchun koronavirus bilan bogʻliq barcha cheklovlar bekor qilindi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Mamlakatda koronavirus infektsiyasi tarqalishi va kasallanish dinamikasining pasayishi natijasida xorijlik sayyohlardan PTSR test, emlanganlik sertifikati yoki pasport talab etish qoidalari bekor qilindi.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra, aviaqatnovlar, chegaradosh temir yoʻl stansiyalari va avtomobil oʻtkazish chegara punktlari orqali harakatlanishda koronavirus infektsiyasi bilan bogʻliq oʻrnatilgan vaqtinchalik cheklovlar olib tashlanadi.
Aytilishicha, bunday qarorga Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari hamda Turizm va madaniy meros vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining takliflarini inobatga olgan holda kelindi.
Yangiliklar lentasi
0