Jamiyat

Prezident ichki aviaqatnovlar uchun loukosterlarni jalb qilish vazifasini topshirdi

© Sputnik / Vladimir Sergeev / Fotobankka oʻtishPassajirskiy samolet v nebe nad Moskvoy
Passajirskiy samolet v nebe nad Moskvoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
1 avgustga qadar ichki aviaqatnovlarni haftasiga 90 taga koʻpaytirish rejalashtirilmoqda.
TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Transport vazirligi va “Uzbekistan Airports” 1 iyulga qadar aeroportlarga xususiy sheriklik asosida investor hamda ichki aviaqatnovlar uchun loukosterlarni (chipta bahosi arzon aviakompaniya) jalb qilish boʻyicha amaliy ishlarni boshlashi kerak. Prezident Shavkat Mirziyoyev xizmatlar koʻrsatishni rivojlantirishga bagʻishlangan yigʻilishda mutasaddilarga tegishli topshiriqlarni berdi.
Davlat rahbari transport sohasiga xususiy investorlarni jalb qilish ishlari sustliginini koʻrsatib oʻtdi.
Shu bois, transport vaziri Ilhom Mahkamovga:
- aeroportlarga xususiy sheriklik asosida investorlarni jalb qilish ishlari qoniqarsizligi;
- Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon yoʻnalishidagi tez yurar avtomobil yoʻllarini qurish boʻyicha xususiy sheriklik loyihalari ham qoniqarsizligi;
- hududlar oʻrtasida avia, temir yoʻl va avtotransport qatnovlarini koʻpaytirish ishlari oʻz holiga tashlab qoʻyilgani koʻrsatib oʻtildi va oxirgi marta ogohlantirish berildi.
Transport vazirligi va “Uzbekistan Airports”ga:
1 iyulga qadar aeroportlarga xususiy sheriklik asosida investor hamda ichki aviaqatnovlar uchun loukosterlarni jalb qilish boʻyicha amaliy ishlarni boshlash;
1 avgustga qadar ichki aviaqatnovlarni haftasiga 90 taga koʻpaytirish topshirildi.
Yigʻilishda temir yoʻl tizimi transformatsiyasini jadallashtirish zarurligi qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0