Jamiyat

Birjadan tashqari savdolarda un narxi pasaymoqda

© Sputnik / Artur Lebedev / Fotobankka oʻtishProizvodstvo muki
Proizvodstvo muki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bir qop unning narxi may oyiga nisbatan oʻrtacha 270-290 ming soʻmdan 240-260 ming soʻmgacha pasaydi.
TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Birjadan tashqari savdolarda un narxi pasaymoqda. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Respublika tovar xom-ashyo birjasi axborot xizmati rahbari Hikmatulla Tillaboyev maʼlum qildi.
Hikmatulla Tillaboyevning soʻzlariga koʻra, mamlakatda un zahiralari yetarli boʻlganligi sababli un mahsuloti birja savdolariga koʻproq miqdorda chiqarilmoqda.
Oʻtgan davrda “Oʻzdonmahsulot” AJ tarkibidagi 44 ta korxona birja savdolariga 45,0 ming tonna 1-navli un qoʻydi va ulardan 43,8 ming tonnasi (97 %) sotildi.
Oʻtkazilgan savdo natijalariga koʻra 1-navli unning oʻrtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 4 549,3 ming soʻmni tashkil qildi.
“Unning ochiq birja savdolariga oʻtkazilishi va uning bozordagi taklif darajasini oshishi natijasida birjadan tashqari bozorlarda bir qop unning narxi may oyiga nisbatan oʻrtacha 270-290 ming soʻmdan 240-260 ming soʻmgacha pasaygan”, deydi Hikmatulla Tillaboyev .
Maʼlumot uchun, 1 iyundan boshlab 1-navli un mahsuloti ochiq birja savdolariga qoʻyilishi va sotilishi boshlandi. 6 iyungacha Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida un boʻyicha dastlabki birja savdolari oʻtkazildi.
Bozorlarni un mahsuloti bilan tezkor toʻldirish maqsadida 4 iyunda ham qoʻshimcha savdolar boʻlib oʻtgandi.
Yangiliklar lentasi
0