Dunyoda

JSST: kishi maymun chechagini qayta yuqtirib olishi mumkin

© Sputnik / Press-slujba nauchnogo tsentra virusologii i biotexnologiy "Vektor" / Fotobankka oʻtishNauchnыy tsentr "Vektor" sozdal test-sistemы dlya vыyavleniya sluchayev zarajeniya ospoy obezyan
Nauchnыy tsentr Vektor sozdal test-sistemы dlya vыyavleniya sluchayev zarajeniya ospoy obezyan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
JSST maymun chechagi bilan kasallanganlar uni qayta yuqtirib olishi mumkinligini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Odam maymun chechagini qayta yuqtirib olishi mumkin Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) chechakka qarshi kurashish kotibiyatining rahbari Rozamund Lyuis maʼlum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Uning soʻzlariga koʻra, Gʻarbiy Afrikada maymun chechagini yuqtirib olgan shifokor keyin yana u bilan qayta kasallangan.
“Immunitet qayta kasallanishdan 100 foiz himoya qilmaydi”, - dedi Rozamund Lyuis.
Shuningdek, JSST bu kasallikka qarshi ommaviy emlash ishlarini olib borishni tavsiya qilmaydi. Vaktsinalardan asosan bu virusni yuqtirib olish ehtimoli yuqori boʻlganlarni himoya qilish uchun foydalaniladi.
Avvalroq Rossiyada hozir maymun chechagiga qarshi yangi vaktsina va dori vositalari sinovdan oʻtkazilayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0