Dunyoda

Merkel Putin unga yumshoq oʻyinchoq it sovgʻa qilgani haqida aytib berdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtish18 maya 2018. Prezident RF Vladimir Putin i federalnыy kantsler FRG Angela Merkel vo vremya vstrechi v Sochi.
18 maya 2018. Prezident RF Vladimir Putin i federalnыy kantsler FRG Angela Merkel vo vremya vstrechi v Sochi. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Merkel Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashgan vaqtida Rossiya prezidenti unga ulkan yumshoq oʻyinchoq it sovgʻa qilgani haqida aytib berdi.
TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Angela Merkel Rossiya prezident Vladimir Putin unga nima sababdan yumshoq oʻyinchoq sovgʻa qilganini aytib berdi.
Germaniya sobiq kantsleri isteʼfoga chiqqanidan soʻng uzoq vaqt jurnalistlar oldida paydo boʻlmagan edi. Uning 7 iyun kuni Rhoenix telekanaliga bergan intervyusi birinchi norasmiy intervyu boʻldi.
Merkel aytishiga koʻra, Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashgan vaqtida Rossiya prezidenti unga ulkan yumshoq oʻyinchoq it sovgʻa qilgan.
"Kremlga birinchi tashrifim edi. Putin menga "Men sizning itlar bilan muammolaringiz borligini eshitdim", deb ulkan oʻyinchoq it sovgʻa qildi", deb hikoya qiladi sobiq kantsler. Shundan soʻng Merkel "Bunday sovgʻa bilan kantslerning jasoratiga chek qoʻyish mumkin edi", - deb hazil qildi. Intervyuni tinglayotganlar buni qahqaha va olqishlar bilan kutib olishdi.
Bundan oldin, 2007 yilda Putin va Merkel orasida Sochida boʻlib oʻtgan uchrashuv vaqtida Rossiya prezidentining sevimli iti Labrador Koni muzokaralar xonasiga kirgan edi. Merkel qoʻrqib ketadi. Oʻshanda baʼzi xorijiy OAVlar Putin buni ataylab qilgani haqida yozgan edi. (Chunki Merkelni 1995 yilda it tishlagan va shundan keyin u itlardan qoʻrqadigan boʻlib qolgan).
© Sputnik / Dmitriy AstaxovKantsler Germanii Angela Merkel i prezident Rossii Vladimir Putin
Kantsler Germanii Angela Merkel i prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2022
Kantsler Germanii Angela Merkel i prezident Rossii Vladimir Putin
Lekin 2016 yilda Putindan nemis jurnalistlari ushbu voqea haqida soʻrashganda Rossiya prezidenti kantsler itlardan qoʻrqishi haqida hech narsa bilmaganini tan olgan edi. Rossiya yetakchisining tushuntirishicha, aksincha, u oʻz itini koʻrsatganida vaziyatni yumshatmoqchi boʻlganini tushintirgan. Sochidagi voqeadan soʻng Rossiya prezidenti Merkeldan kechirim soʻraganini ham tan olgan.
Yangiliklar lentasi
0