Toshkent viloyatidagi oromgohlarga 47 mingdan ziyod bolalar qamrab olinadi

© Unsplash / note thanunDeti na progulke
Deti na progulke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2022
Obuna bo‘lish
Oromgohlarda mavsum davomida 6 yarim mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar sarf etilishi reja qilingan.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Toshkent viloyatida 161 ta oromgoh ish boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Oromgohlarda 47 ming 381 nafar bolalarning sog‘lomlashtirilishi reja qilingan.
Homiylar hisobidan keluvchi bolalar:
-Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchisi va imkoniyati cheklangan bolalar -116 nafar;
-Kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning farzandlari - 50 nafar.
Jamoa shartnomalari va kelishuvlar asosida keluvchi bolalar:
-Kam ta’minlangan oilalar farzandlari - 3500 nafar.

“Hududlarda intellektual rivojlantirish, ekobiologik va o‘lkashunoslik, texnik ijodkorlik, ijtimoiy moslashuv, tarbiya va sport­-sog‘lomlashtirish, badiiy ijodiyot yo‘nalishlariga ixtisoslashtirilgan oromgohlar tashkil etildi”, - deyiladi xabarda.

Mavsum davomida oromgohlarga 1052 nafar pedagoglar, shuningdek, 205 nafar tibbiyot, 242 nafar ichki ishlar, milliy gvardiya, yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari jalb qilindi.
Oromgohlarga 8 minga yaqin badiiy, ijtimoiy va ilmiy ommabop kitoblar qo‘shimcha ravishda yetkazildi. Mazkur ishlar uchun mavsum davomida 6 yarim mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar sarf etilishi reja qilingan.
Yangiliklar lentasi
0