Dunyoda

NATO bosh kotibining Germaniyaga safari nega kutilmaganda bekor qilingani aytildi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishGeneralnыy sekretar NATO Yens Stoltenberg
Generalnыy sekretar NATO Yens Stoltenberg  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yens Stoltenberg shingilla infektsiyasi sabab Germaniyaga tashrifini bekor qildi.
TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg 9 iyunga belgilangan Berlin tashrifini bekor qildi. Chunki oʻrab oluvchi temiratki kasalligini yuqtirib olgan. Bu haqda “Reuters” Shimoliy Atlantika alyansi rasmiy vakiliga tayangan holda xabar bermoqda.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, NATO bosh kotibi kasallik sabab uydan ishlayapti. Oʻrab oluvchi temiratki COVID-19 oqibatida kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Endi u Germaniya va Ruminiyada boʻlishi kerak boʻlgan muzokaralarni masofadan turib olib boradi.
“Bosh kotib Germaniyaga (va Ruminiyaga) rejalashtirilgan tashrifini shaxsan emas, masofadan turib amalga oshiradi”, - degan NATO vakili.
Stoltenberg 9 iyun kuni Berlinda Germaniya kantsleri Olaf Sholts bilan koʻrishishi, ertasiga esa Buxarestda Ruminiya, Polsha va Vengriya rahbarlari bilan boʻladigan uchrashuvda ishtirok etishi kerak edi.
Germaniya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, NATO bosh kotibi Berlinga tashrifi chogʻida departament rahbari Kristina Lambrext bilan ham uchrashmoqchi edi. Uchrashuvda Sharqiy qanotda qoʻshinlarni qoʻshimcha kuchaytirish boʻyicha taklif, oy oxirida Madridda oʻtkaziladigan NATO sammitiga tayyorgarlik, kelasi hafta alyans mudofaa vazirlari yigʻilishi, blokning yangi strategik kontseptsiyasi, Finlyandiya va Shvetsiyaning unga kirishi ehtimoli muhokama qilinishi rejalashtirilgandi.
Maʼlumot uchun, 63 yoshli Stoltenberg may oyi boshida koronavirus bilan kasallangan edi.
Yangiliklar lentasi
0