Jamiyat

Rossiyaning yana 10 ta hududida Oʻzbekistonning yangi vakolatxonalari ish boshladi

© SputnikRabota konsulstva Uzbekistana v Moskve
Rabota konsulstva Uzbekistana v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻtgan 5 oy davomida 6009 nafar fuqaro Rossiya, Koreya, Qozogʻiston, Turkiya, Germaniya, Yaponiya davlatlariga manzilli ishlarga joʻnatilgan.
TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. 1 iyundan Tula, Voronej, Volgograd, Nijegorod, Irkutsk, Amur viloyatlari, Krasnodar, Krasnoyarsk, Perm oʻlkalari, Xanti-Mansiysk avtonom okrugida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining yangi vakolatxonalari ish boshladi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxoʻja Norov maʼlum qildi.
Yangi vakolatxonalar faoliyati Qozogʻistonning Chimkent va Turkiyaning Istanbul shaharlarida ham yoʻlga qoʻyildi.
“Buyuk Britaniya, Bolgariya, Latviya, Polsha, Germaniya, Serbiya, Finlyandiya, Rossiya, Qozogʻiston kabi davlatlardan 422 ta tashkilot bilan hamkorlik kelishuvlari imzolanib, ularda 70 mingdan ortiq boʻsh ish oʻrinlari aniqlangan”, deydi Ortiqxoʻja Norov.
Aytilishicha, xorijda ishlash istagida boʻlgan 22 000 fuqaro respublikadagi mavjud kasb-hunar markazlariga oʻqishga jalb qilingan.
Shu yilning oʻtgan 5 oyi davomida 6009 nafar fuqaro Rossiya, Koreya, Qozogʻiston, Turkiya, Germaniya, Yaponiya davlatlariga manzilli ishlarga joʻnatilgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan hisobot davrida jami 76 mingdan ortiq fuqarolarga huquqiy va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilgan.
Shuningek, 710 nafar fuqaroga BHMning ikki baravaridan, jami 33 470 dollar miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab berilgan.
Maʼlumot uchun, agentlikning vakolatxonalari Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Ufa, Novosibrsk, Yekaterinburg, Kvandju shaharlarida ham faoliyat yuritib kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0