Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish bilan bog‘liq xizmat ishga tushdi

© Depositphotos.com / DmitrimarutaSemya s internet zavisimostyu
Semya s internet zavisimostyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2022
Obuna bo‘lish
Endilikda bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasi ekspertlari akkreditatsiyadan o‘tish uchun elektron ariza berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish bilan bog‘liq yangi xizmat ishga tushdi. Bu bo‘ychia Vazirlar Mahkamasining 317-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu hujjat asosida my.gov.uz portalida “Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish bo‘yicha ekspertlarni akkreditatsiya qilish” xizmati ishga tushirildi.
Endilikda bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasi ekspertlari akkreditatsiyadan o‘tish uchun elektron ariza berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Talabgorlar oliy ma’lumotga, pedagogika, yoshga oid psixologiya va fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalarida bilimlarga ega bo‘lishi kerak.
Ekspertlarni akkreditatsiya qilish AOKA tomonidan amalga oshiriladi.
Akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan ekspertlarga 5-yil muddatga amal qiluvchi guvohnoma beriladi.
Xizmatdan foydalanishda to‘lov undirilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0