Jamiyat

OTMlarga quyosh elektr uskunalari oʻrnatiladi

© Pixabay.com/ dimitrisvetsikas1969Panel solnechnыx batarey
Panel solnechnыx batarey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mendeleyev nomidagi kimyo-texnologiya universitetiga quyosh elektr uskunasini oʻrnatish natijasida, qariyb 2 milliard soʻmlik elektr energiyasi tejalmoqoqda. Bu tajriba barcha oliygohlarda joriy qilinadi.
TOSHKENT, 10 iyun — Sputnik. Shu yilning oʻzida barcha oliygohlarda quyosh elektr uskunalari oʻrnatiladi. Bu haqda prezident raisligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilishda maʼlum qilindi.
Taʼkidlanishicha, Mendeleyev nomidagi kimyo-texnologiya universitetida 100 kilovatt quvvatli quyosh elektr uskunasi oʻrnatilgan. U yerda yiliga 200 ming kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.
Hozirda 36 ta suv isitish qurilmasini oʻrnatish hisobiga yiliga 4,2 million kilovatt soat yoki qariyb 2 milliard soʻmlik elektr energiyasi tejalmoqda.
Oliy taʼlim vazirligiga ushbu tajribani barcha oliygohlarda qoʻllash vazifasi topshirildi.
Prezident oʻz soʻzida vazirlik va idora, hokimlik, mahalla binolarini ham muqobil energiyaga oʻtkazish vaqti kelganini aytib oʻtdi.
Shuningdek, vazirlik va idoralarda elektr va issiqlik energiyasi xarajatlarini kamida 25 foizga qisqartirish boʻyicha dastur ishlab chiqish topshirildi.
Unga koʻra Moliya vazirligi:
davlat idoralarida energiya resurslari isteʼmoli boʻyicha normativlarni ishlab chiqadi;
yil yakuni bilan xarajatlarni kamaytirmagan rahbarlarga nisbatan chora koʻrish boʻyicha taklif kiritadi;
xorijiy konsultantlarni jalb qilib, barcha iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy obʼyektlarda Energiya tejamkorlik milliy dasturini ishlab chiqadi.
Yangiliklar lentasi
0