Jamiyat

Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan baliqlar ovlandi

CC0 / Unsplash / Jp Valery / Oxotnichye rujye. Illyustrativnoye foto
Oxotnichye rujye. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qashqadaryodagi “Hisor” davlat qoʻriqxonasida uch nafar shaxs tomonidan Qizil kitobga kiritilgan 115 dona baliq ovlangan.
TOSHKENT, 10 iyun — Sputnik. Qashqadaryo viloyatidagi “Hisor” davlat qoʻriqxonasida Qizil kitobga kiritilgan 115 dona baliqni ovlagan shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, 31 may kuni qoʻriqxonaning Yakkabogʻ tumani hududida joylashgan “Qizilsuv” boʻlimi qoʻriqlash xodimlari tomonidan qoʻriqxonaning “Qizilsuv” boʻlimi yuqori sarhadlarida nazorat ishlari olib borilgan. Nazorat ishlari davomida 3 (uch) nafar fuqaroning qoʻrqxonaga noqonuniy tarzda kirgani aniqlangan.
Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari tomonidan mazkur fuqarolar toʻxtatilganda ularning bir nafari qochib ketgan. Ikki nafar qonunbuzarning shaxsi oʻrganilganda, ular Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani “Gʻalaba” MFY Toshqoʻrgʻon qishlogʻida yashovchi S.A. va S.B. ekani aniqlangan. Qochib ketgan fuqaroning shaxsi nomaʼlum boʻlib qolgan, chunki, qonunbuzarlar S.A. va S.B. uni tanimasligini aytgan.
Qonunbuzarlarning yuklari koʻzdan kechirilganda A.S. nomiga rasmiylashtirilgan 1 dona ov quroli, 1 bosh Sibir togʻ echkisining goʻshti, bosh suyagi va shoxi, oʻqotar ov quroliga tegishli hujjatlar, 11 dona ishlatilmagan hamda 2 dona ishlatilgan patronlar, 2 dona ratsiya apparati, 1 dona pichoq, 1 dona durbin, 1 dona baliq ovlaydigan toʻr va Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan 115 dona noyob Amudaryo gul baliqlari borligi aniqlangan. Sodir etilgan holati yuzasidan tegishli hujjatlar qoʻriqlash xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan.
Qochib ketgan qonunbuzar fuqaroning shaxsini aniqlashtirish soʻralgan holda qonunbuzarlik holati boʻyicha barcha toʻplangan hujjatlar hamda ov anjomlari saqlash va qonuniy chora koʻrish uchun 2022 yil 3 iyun kuni Yakkabogʻ tuman IIBga topshirilgan.
Xabarga koʻra,hozirgi kunda mazkur qonunbuzarlik boʻyicha Yakkabogʻ tuman IIB tomonidan belgilangan tartibga surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qoʻriqxona masʼul xodimlari tomonidan 2022 yil 3 iyun kuni sodir etilgan qonunbuzarlik holati boʻyicha jarima va tabiatga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan va huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.
Olib qoʻyilgan noqonuniy ov mahsulotlari, yaʼni, baliqlar, echki goʻshti va boshqalar ushbu qonunbuzarlik holati bilan bogʻliq ashyoviy dalillar sifatida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hamda saqlab kelinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0