https://sputniknews-uz.com/20220610/rossiya-va-xitoy-ortasidagi-birinchi-avtomobil-koprigi-ochildi---video-25188269.html
Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi birinchi avtomobil koʻprigi ochildi - video
Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi birinchi avtomobil koʻprigi ochildi - video
Ushbu muhim transport obʼyekti byudjeti 19 milliard rublni tashkil etdi. Koʻprikning yana bir oʻziga xos xususiyati - loyiha byudjet mablagʻlarisiz amalga oshirilgan. 10.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-10T09:46+0500
2022-06-10T09:46+0500
2022-06-10T09:57+0500
xitoy
rossiya
iqtisod
transport
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/0a/25186045_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_690b5bca42d8b4e4ce9f8e40e67faaa9.jpg
TOSHKENT, 10 iyun – Sputnik. Rossiyada Amur daryosi orqali oʻtgan birinchi xalqaro avtomobil koʻprigi ishga tushdi. Bu koʻprik Rossiyaning Blagoveщensk shahri va Xitoyning Xeyxe shahrini bogʻlaydi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.Telekonferentsiya formatida oʻtkazilgan bayram tadbirida Bosh vazir oʻrinbosari, Rossiya Prezidentining Uzoq Sharqdagi muxtor vakili Yuriy Trutnev, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vazirining oʻrinbosari Xu Chunxua, Rossiya transport vaziri Vitaliy Savelev, shuningdek, Uzoq Sharq va Arktikani rivojlantirish vaziri Aleksey Chekunkovlar ishtirok etishdi.Harakatni Heyxe provintsiyasi gubernatori Xua Changsheng boshlab berdi va u rus tilida: "Poyexali!" dedi. Koʻprik orqali Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi yiliga million tonnagacha yuk tashiladi va tashish vaqti ham qisqaradi.Ayni damda “Gazprom Helium Servise” parkidan ekologik toza yoqilgʻi – suyultirilgan gazda ishlaydigan sakkiz rus traktori Xitoyga joʻnab ketdi.Xitoy tomonidan esa 8ta yuk mashinasi Rossiyaga yoʻl oldi - ular avtomobil shinalari va elektr jihozlari uchun butlovchi qismlarni yetkazib berishadi.Eslatib oʻtamiz, koʻprik qurilishi 2016 yilda boshlangan va bir vaqtning oʻzida ikkita qirgʻoqdan olib borilgan. Koʻprikning ochilishi 2020 yil oxiriga rejalashtirilgan edi, biroq koronavirus pandemiyasi tufayli kechga qoldirildi.Obʼyektni qurish uchun 19 milliard rubl sarflangan, shundan 14 milliard rubl Rossiya hududiga kiritilgan.
xitoy
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/0a/25186045_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_d5fd79f3edeef7c71edcb5a63f2568fd.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
xitoy, iqtisod, transport
Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi birinchi avtomobil koʻprigi ochildi - video
09:46 10.06.2022 (yangilandi: 09:57 10.06.2022) Ushbu muhim transport obʼyekti byudjeti 19 milliard rublni tashkil etdi. Koʻprikning yana bir oʻziga xos xususiyati - loyiha byudjet mablagʻlarisiz amalga oshirilgan.
TOSHKENT, 10 iyun – Sputnik. Rossiyada Amur daryosi orqali oʻtgan birinchi xalqaro avtomobil koʻprigi ishga tushdi. Bu koʻprik Rossiyaning Blagoveщensk shahri va Xitoyning Xeyxe shahrini bogʻlaydi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Telekonferentsiya formatida oʻtkazilgan bayram tadbirida Bosh vazir oʻrinbosari, Rossiya Prezidentining Uzoq Sharqdagi muxtor vakili Yuriy Trutnev, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vazirining oʻrinbosari Xu Chunxua, Rossiya transport vaziri Vitaliy Savelev, shuningdek, Uzoq Sharq va Arktikani rivojlantirish vaziri Aleksey Chekunkovlar ishtirok etishdi.
Trutnev aytishiga koʻra, ushbu koʻprik qurilishida har ikki tomondan minglab quruvchilar ishtirok etgan. Koʻprikning yana bir oʻziga xosligi shundaki - loyiha byudjet mablagʻlarisiz amalga oshirilgan.
Harakatni Heyxe provintsiyasi gubernatori Xua Changsheng boshlab berdi va u rus tilida: "Poyexali!" dedi.
Koʻprik orqali Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi yiliga million tonnagacha yuk tashiladi va tashish vaqti ham qisqaradi.
"Xitoy tomoni oʻtish joyini ishga tushirish, yaxshiroq logistika xizmatlarini koʻrsatish imkoniyatidan foydalanishga tayyor. Biz birgalikda koʻprikni doʻstlik va hamkorlik koʻprigiga aylantiramiz", - dedi Xu Chunxua.
Ayni damda “Gazprom Helium Servise” parkidan ekologik toza yoqilgʻi – suyultirilgan gazda ishlaydigan sakkiz rus traktori Xitoyga joʻnab ketdi.
Xitoy tomonidan esa 8ta yuk mashinasi Rossiyaga yoʻl oldi - ular avtomobil shinalari va elektr jihozlari uchun butlovchi qismlarni yetkazib berishadi.
Eslatib oʻtamiz, koʻprik qurilishi 2016 yilda boshlangan va bir vaqtning oʻzida ikkita qirgʻoqdan olib borilgan. Koʻprikning ochilishi 2020 yil oxiriga rejalashtirilgan edi, biroq koronavirus pandemiyasi tufayli kechga qoldirildi.
Obʼyektni qurish uchun 19 milliard rubl sarflangan, shundan 14 milliard rubl Rossiya hududiga kiritilgan.