https://oz.sputniknews-uz.com/20220612/bolaning-boyi-osmay-qolishiga-nima-sabab-boladi-25247806.html
Bolaning boʻyi oʻsmay qolishiga nima sabab boʻladi?
Bolaning boʻyi oʻsmay qolishiga nima sabab boʻladi?
Bola boʻyi oʻsmasligining qator sabab va omillari mavjud. 12.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-12T21:52+0500
2022-06-12T21:52+0500
2022-06-12T21:52+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/0c/25247645_0:257:2731:1793_1920x0_80_0_0_929849a6b94851a93786da82f2999d52.jpg
TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Tibbiyot fanlari nomzodi Nasiba Alimova bolaning boʻyi oʻsmay qolishiga nima sabab boʻlishi haqida maʼlumot berdi.Shifokorning soʻzlariga koʻra, inson boʻyining oʻsishi gipofiz bezi ishlab chiqaradigan gormonga bogʻliq. U inson aʼzo va toʻqimalarida oqsil hosil boʻlishini tezlashtiradi. Shu bilan birga, agar organizm kuchsiz ahvolda boʻlsa, u shunchaki oʻsishdan toʻxtaydi.Taʼkidlanishicha, bola boʻyi oʻsmasligining qator sabab va omillari mavjud. Yuqorida keltirilgan tahlillar orqali aniqlanadi. Birinchi navbatda, oʻsishdan toʻxtash irsiyat bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Bolaning meʼyoriy oʻsishida 100 ta gen muhim rol oʻynaydi.Boʻyi past ota-onadan tugʻilgan bolaning uzun boʻyli boʻlishi kam kuzatiladi. Boʻy oʻsishiga organizmdagi ayrim gormonlarning koʻp yoki kamligi ham taʼsir qiladi. Qalqonsimon va buyrak usti bezlarida yetiladigan gormonlar oʻsish gormonlari deyiladi. Shu bois endokrin tizimdagi turli izdan chiqishlar boʻy oʻsishidagi patologiyalarga olib keladi.Baʼzida buyrak, yurak, oʻpka va hazm aʼzolaridagi surunkali kasalliklar ham boʻy oʻsishini toʻxtatadi. Boshqa surunkali kasalliklar tonzillit (angina), xoletsistit (oʻt qopi yalligʻlanishi) odatda boʻy oʻsishiga salbiy taʼsir qilmaydi. Ammo bunday hollarda ishtaha yoʻqoladi, bu esa boʻy oʻsishini pasaytiradi.Shifokor agar bolada parazitlar boʻlsa ham boʻy oʻsishida muammolar tugʻilishini qayd edi. Shuning uchun ichki organizm faoliyati normal yoʻlga qoʻyilsa, boʻy oʻsishda davom etadi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/0c/25247645_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_81a5d63966f2055b5fd6c4a61e908ac3.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shifokorlar tavsiyasi
Bolaning boʻyi oʻsmay qolishiga nima sabab boʻladi?
Bola boʻyi oʻsmasligining qator sabab va omillari mavjud.
TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Tibbiyot fanlari nomzodi Nasiba Alimova bolaning boʻyi oʻsmay qolishiga nima sabab boʻlishi haqida
maʼlumot berdi. Shifokorning soʻzlariga koʻra, inson boʻyining oʻsishi gipofiz bezi ishlab chiqaradigan gormonga bogʻliq. U inson aʼzo va toʻqimalarida oqsil hosil boʻlishini tezlashtiradi. Shu bilan birga, agar organizm kuchsiz ahvolda boʻlsa, u shunchaki oʻsishdan toʻxtaydi.
“Demak, bolangizning oʻsmayotganini sezdingizmi, birinchi galda shifokor-endokrinologga uchrab, uni toʻlaqonli tekshiruvdan oʻtkazishingiz kerak. Shifokor UTT hamda qonda gormonlar nisbatini aniqlaydi, shuningdek, rentgenografiya yordamida bilak suyaklari tekshiriladi. Bu — tekshiruv bolaning suyaklari oʻsish hududidami yoki yoʻqmi, bilish uchun zarur”, - deydi Alimova.
Taʼkidlanishicha, bola boʻyi oʻsmasligining qator sabab va omillari mavjud. Yuqorida keltirilgan tahlillar orqali aniqlanadi. Birinchi navbatda, oʻsishdan toʻxtash irsiyat bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Bolaning meʼyoriy oʻsishida 100 ta gen muhim rol oʻynaydi.
Boʻyi past ota-onadan tugʻilgan bolaning uzun boʻyli boʻlishi kam kuzatiladi. Boʻy oʻsishiga organizmdagi ayrim gormonlarning koʻp yoki kamligi ham taʼsir qiladi. Qalqonsimon va buyrak usti bezlarida yetiladigan gormonlar oʻsish gormonlari deyiladi. Shu bois endokrin tizimdagi turli izdan chiqishlar boʻy oʻsishidagi patologiyalarga olib keladi.
Baʼzida buyrak, yurak, oʻpka va hazm aʼzolaridagi surunkali kasalliklar ham boʻy oʻsishini toʻxtatadi. Boshqa surunkali kasalliklar tonzillit (angina), xoletsistit (oʻt qopi yalligʻlanishi) odatda boʻy oʻsishiga salbiy taʼsir qilmaydi. Ammo bunday hollarda ishtaha yoʻqoladi, bu esa boʻy oʻsishini pasaytiradi.
Shifokor agar bolada parazitlar boʻlsa ham boʻy oʻsishida muammolar tugʻilishini qayd edi. Shuning uchun ichki organizm faoliyati normal yoʻlga qoʻyilsa, boʻy oʻsishda davom etadi.