Video

Azovstalda qutqarilgan itni Qodirovga sovgʻa qilishdi - video

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Koʻngilli Checheniston rahbari Qodirovga Azovstalda qutqarib olingan Adidas laqabli pitbulni topshirdi.
TOSHKENT, 13 iyun - Sputnik. Volontyor Yuriy Kovanov Azovstal zavodi hududidan qutqarib olingan “Adidas” laqabli pitbulni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga sovgʻa qildi.
Itni Kovanovning oʻzi mashinada Grozniyga olib keldi. Topshirsh vaqti qoʻyidagi suhbat boʻlib oʻtdi.
- Uning asli ismi Adolf edi, topshirish vaqti biz uni “Adidas” deb oʻzgartirdik. U ikki oy katakombada yashagan, egasi uni qidirib topishni vaʼda bergan edi - dedi Yuriy.
- Ha, endi unga izlash qiyin boʻlmaydi. Biz uni “Borz” deb ataymiz, yaʼni Boʻri, - dedi Qodirov.
- Ramzan Axmatovichga ushbu itni sovgʻa qilish gʻoyasi qanday paydo boʻldi, - deb soʻradi Qodirovning yordamchilaridan biri.
- Maxsus operatsiya boʻyicha mustahkam irodangiz uchun hurmat bildirmoqchi edim va ushbu sovgʻa sizga maʼqul boʻladi degan umiddaman.
- Juda maʼqul, rahmat!
- Ehtimol sizdan oʻrnak olib odamlar koʻproq qarovsiz hayvonlarni asrab olishni boshlar. Bu bizga egasiz hayvonlarni joylashtirishda yordam boʻlardi.
- Mening ham asrab olgan itim va mushugim bor. Bu urushqoq emasmi?
- U juda yumshoq koʻngilli, lekin biroz kontuziyasi bor...
- Xa-xa-xa.
Ria Novosti xabar berishiga koʻra, tinch aholi shaharni tark etganidan soʻng birgina Mariupolda minglab uy hayvonlari qarosiz qolgan. Ular orasida shisha siniqlari va boshqa xavfli buyumlardan shikastlanganlari ham juda koʻp. Aksariyati och.
Ryazanlik Yuriy Kovanov guruhi, Irkutslik “K-9”koʻngillilar guruhi va yana boshqalar Donbassning ozod qilingan hududlarida qarovsiz qolgan uy hayvonlarini qutqarish bilan shugʻullanib kelishmoqda. Uning aytishiga koʻra, shu kunga qadar ular 16ta uy hayvonini Donbassdan olib chiqishgan va koʻplab jonivorlarga tibbiy yordam koʻrsatib ularning hayotini saqlab qolishgan.
Yangiliklar lentasi
0