Jamiyat

IIV hisobda turgan 7 ming xotin-qizlarni roʻyxatdan chiqardi

© uznews.uzShevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana
Shevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ichki ishlar, sogʻliqni saqlash hamda boshqa idoralarning hisobida turgan 21 596 nafar xotin-qizlar manzilli oʻrganildi.
TOSHKENT, 13 iyun — Sputnik. Ichki ishlar organlari hisobida turgan 7 ming nafar xotin-qizlar roʻyxatdan chiqarildi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oila va xotin qizlar davlat qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva maʼlum qildi.
Aytilishicha, ichki ishlar, sogʻliqni saqlash hamda boshqa idoralarning hisobida turgan 21 596 nafar xotin-qizlar manzilli oʻrganildi.
Unga koʻra, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan 19 251 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berildi. Buning natijasida 9 309 ta oila yarashtirilib, 8 259 ta nizo bartaraf etildi.
“1 877 ta rasmiylashtirilgan himoya orderi boʻyicha maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik belgilanib xotin-qizlarning buzilgan huquqlari tiklandi”, deydi Nilufar Jumayeva.
Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan 644 849 nafar xotin-qizlarni “Ayollar daftari” 3-bosqichiga kiritilgan.
Unga koʻra:
56 505 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar yangi ish bilan taʼminlandi;
7 856 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik uchun 95 mlrd 691 mln soʻmdan ortiq imtiyozli kreditlar ajratildi;
58 132 nafar boquvchisi boʻlmagan xotin-qizlarga71 mlrd 813 mln soʻmdan ortiq bir martalik moddiy yordam berildi;
51 810 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj 1 va 2 guruh nogironligi boʻlgan shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj xotin-qizlarga 60 mlrd 728 mln soʻmdan ortiq moddiy va tibbiy yordam koʻrsatildi;
116 nafar uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uy-joy bilan taʼminlandi va 712 nafariga 1 mlrd 103 mlnsoʻm ijara kompensatsiyasi toʻlab berildi;
34 763 nafar nogironligi boʻlgan farzandi bor ayollarga 51 mlrd 502 mlndan ortiq bir martalik moddiy yordamlar berildi;
823 nafar xotin-qizlarga tomorqadan unumli foydalanish uchun yordam berildi.
Shu kunga qadar hududlarda amalga oshirilgan ishlar:
241 361 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi;
76 075 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga oʻqitildi;
32 691 nafari tadbirkorlik faoliyatini boshlash maqsadida davlat roʻyxatidan oʻtdi;
9 477 nafar ayollarga subsidiya va 47 309 nafarayollarga kreditlar ajratildi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari boʻyicha 2022 yilda jami 65 129 nafar xotin-qizlarga 1,4 trln. soʻm kredit ajratildi.
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi huzuridagi xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi tomonidan 1206 shaxsga jami 1, 74 mlrd soʻmlik reabilitatsiya vositalari tarqatildi.
Qolaversa, 142 ta tibbiyot operatsiyasi uchun 1, 1 mlrd soʻm mablagʻ jamgʻarma hisobidan moliyalashtirildi.
Yangiliklar lentasi
0